Gabriel Arturo Torres Tejada (; 1988-yil 30-oktyabrda Panamada tugʻilgan) — panamalik futbolchi, „UNAM Pumas“ futbol klubida va Panama terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati Gabriel Torres oʻz faoliyatini „Chepo“ futbol klubida boshlagan, u klub bilan debyut mavsumida Rommel Fernandes kubogini qoʻlga kiritgan va 18 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. 2005-yilda u „San Francisco“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan va u yerda Panama chempionligini qoʻlga kiritgan. 2007-yilda Gabriel Torres Ispaniyaning „Valencia“ va Angliyaning „Manchester United“ futbol klublarini koʻrgani borgan. Oʻsha yili u Kolumbiyaning „La Equidad“ futbol klubiga oʻtgan va u bilan Kolumbiya kubogini qoʻlga kiritgan. „Chepo“ futbol klubiga qaytgandan soʻng Gabriel Torres yana ikki marta „Atlético Huila“ futbol klubiga va „Cali“ futbol klubidan „América“ futbol klubiga ijaraga berilgan.
2011-yilda Gabriel Torres Venesuelaning „Zamora“ futbol klubiga oʻtgan. 14-avgust kuni „Tucanes“ futbol klubiga qarshi bahsda u Venesuela premyer ligasida debyut qilgan.
2016-yil boshida Gabriel Torres „Zamora“ futbol klubiga qaytgan va chempionatning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
Xalqaro faoliyati 2005-yil 8-oktyabrda Gabriel Torres Panama terma jamoasi safida Trinidad va Tobagoga qarshi 2006-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan. 2006-yil 6-sentyabrda Gvatemalaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u terma jamoadagi birinchi golini kiritgan. 2011-yilda Gabriel Torres CONCACAF otin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u ikki marta AQSh jamoasiga qarshi oʻynagan.
2013-yilda Gabriel Torres ikkinchi marta CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda Gabriel Torres terma jamoaning finalga chiqishiga yordam bergan va Meksika, Martinik va Kuba jamoalari darvozasiga 5 ta gol urib, turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
2015-yilda Gabriel Torres CONCACAF oltin kubogining bronza medali sohibiga aylangan. Turnirda Gabriel Torres Gonduras va Trinidad va Tobago terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2016-yilda Gabriel Torres AQShda boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun milliy terma jamoaning daʼvogariga nomzod boʻlgan edi. Turnirda u Chili va Boliviya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2017-yilda Gabriel Torres CONCACAF oltin kubogida toʻrtinchi bor ishtirok etgan. Turnirda u AQSh, Martinika, Nikaragua va Kosta-Rika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Nikaragualiklar va martiniklarga qarshi kechgan bahsda Gabriel Torres gol urgan.
2018-yilda Gabriel Torres Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Belgiya va Tunis jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2019-yilda Gabriel Torres CONCACAF oltin kubogi uchun Panama terma jamoasiga kiritilgan. Guruh bosqichidagi ikkinchi oʻyinda Gayana terma jamoasiga qarshi oʻyinda u 86-daqiqada gol urgan va jamoa 4:2 hisobida gʻalaba qozongan.
Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJami Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin GolChepo2003—2004— — —? ?2004—2005— — —? ? Jami San Francisco2005—2006— — —? ?2006—2007— — —? ?La Equidad2008266— — 266 Jami 2660000266América de Cali200910— 1020 Jami 10001020Atlético Huila201060— — 60 Jami 60000060San Francisco2010—2011337— 61398 Jami 3370061398Zamora FC2011—20123310— 2035102012—20133522— — 3522Colorado Rapids20138311— 94201423311— 2442015254— — 254 Jami 561022005812Zamora FC20162322— — 2322 Jami 915400209354Lausana-Sport2016—201730810— 318201712020— 140 Jami 4283000458Huachipato20183015— — 3015 Jami 301500003015Universidad de Chile2019121— 20141 Jami 1210020141Independiente del Valle2019133— 7220520202216— 642820 Jami 3519001364825Pumas de la UNAM20212010000201 Jami2010000201LD Alajuelense2021930010103 Jami930010103Umumiy faoliyatida 35012452247373132
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Panamalik erkak futbolchilar