Tom Høgli (; 1984-yil 24-fevralda tugʻilgan) — Norvegiyalik sobiq professional futbolchi, oxirgi marta Eliteseriyaning Tromsø jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

Bodø/Glimt Høgli Bodø/Glimt safida toʻrt mavsum oʻynagan, 59 ta uchrashuvda 3 ta gol urgan. 2007-yilgi mavsum oldidan Tromsoga oʻtgan.

Tromso Tromso IL markaziy yarim himoyachi Patrice Bernier ketganidan keyin oʻrniga Høglini oʻz jamoasiga qoʻshib oldi. Muxlislar tomonidan 2008-yilgi mavsumda Tromsodagi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va „Super Tom“ laqabini oldi. 2011-yil 29-may kuni Tromso safidagi birinchi golini Brannga qarshi o‘yinda (4:0) kiritdi.

Club Brugge 2011-yil 18-iyun kuni Høgli Belgiya Pro-ligasining kuchli gigant klubi Club Brugge bilan shartnoma imzoladi.

Copenhagen FK „Bryugge“da uch mavsum o‘tkazgandan so‘ng, Høgli klub bilan 2014-yilning 31-yanvarida (shartnoma muddati 2014-yil 1-iyulda tugaydi) Daniyaning Copenhagen klubiga o‘tishga kelishib oldi.

2014-yilning 20-iyulida Daniya Superligasi doirasidagi Silkeborg IFga qarshi oʻyinda debyut qildi.

Xalqaro faoliyati Høgli Norvegiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida 10 ta oʻyinda ishtirok etgan. Sápmi safida 2006-yilgi VIVA Jahon kubogida eng yaxshi toʻpurar boʻlgan.

2008-yil 20-avgustda Høgli Norvegiya milliy terma jamoasi safida Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. 2009-yilning kuzida milliy murabbiy Egil Olsen tomonidan Germaniyaga qarshi oʻyin uchun terma jamoaga chaqirilgan.

2012-yil 26-may kuni Angliya milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi Høglining 25-o‘yini boʻldi. Steven Gerrardning zarbasi tufayli 37-daqiqadan so‘ng maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Oʻyin oxirida Oltin soat oldi. Norvegiya shifokori Tor Einar Anderssenning soʻzlariga koʻra, bu toʻqnashuvdan keyin Høglining faoliyatini yakunlashi mumkin edi.

Høgli Sápmi milliy futbol jamoasi bilan 2006-yilgi Viva Jahon Kubogida chempion boʻlgan.

Xalqaro gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2011-yil 11-oktyabr Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya 3 — 1 3—1 UEFA Yevro-2012 saralashi 2. 2013-yil 7-iyun Qemal Stafa stadioni, Tirana, Albaniya 1 — 1 1—1 2014-yilgi jahon chempionati saralashi

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumDiviziyaLigaKubokYevropaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBodø/Glimt2003Tippeligaen101000202004Tippeligaen13040101802005Tippeligaen17030002002006Adeccoligaen2831000293Jami5939010693Tromsø2007Tippeligaen14040001802008Tippeligaen24020002602009Tippeligaen28030603702010Tippeligaen30040003402011Tippeligaen1014000141Jami1061170601291Club Brugge2011—2012Jupiler Pro ligasi31000503602012—2013Jupiler Pro ligasi24020403002013—2014Jupiler Pro ligasi1711000181Jami7213090841Copenhagen2014—2015Superliga31100904012015—2016Superliga800000802016—2017Superliga9000201102017—2018Superliga20001030Jami50100120621Tromsø2018Eliteserien1101000120Jami faoliyati29863002803566

Yutuqlari Copenhagen

Daniya Superligasi: 2015—2016, 2016—2017 Daniya kubogi: 2014—2015, 2015—2016, 2016—2017

Individual

Kniksen mukofoti yil himoyachisi: 2010-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar Turkum:erkak futbol himoyachilari