Sogʻoniy (to‘liq ismi: Roziyyuddin Hasan ibn Muhammad as-Sog‘oniy; 577-yil, Lahor — 650-yil) — lug‘atshunos olim, faqih va muhaddis.

Hayoti Gʻaznada voyaga yetgan. 615-yil Bag‘dodga kelgan, bu yerda bir muddat yashagach, Hindistonga ketgan. Haj ziyoratini o‘tash uchun Makkaga, u yerdan esa Yamanga borgan, so‘ng tag‘in Bag‘dodga qaytib kelgan. Bag‘dodda vafot etgan, vasiyati bo‘yicha Makkaga dafn etilgan. Asarlari "Ash-Shavorid", „An-Navodir fil-lug‘a“, „Sharhi abyotil-mufassal“, „Durrus-sahoba fi mavozii vafoyotissahoba“, „Sharhi sahihi Buxoriy“ (muxtasar).

Lugʻatshunoslikka doir asarlari Lugʻat ilmiga doir 2 jildli „Majmaʼul-bahrayn“ va „Sihohi Javhariy“ni mukammallashtirib, olti jildli bir asar yozgan.

Hadisshunoslikka doir asarlari Hadisga doir „Misbohud-dujo“, „Mashorikul-anvorin-Nabaviyya min sihohil-axboril-Mustafaviyya“ kabi asarlar yaratgan. 2246 hadisdan iborat bo‘lgan bu kitobni Buxoriy va Muslimdan tanlab tuzgan, abbosiy xalifalaridan Muntasirning kutubxonasiga tuhfa etgan. Sogʻoniy uydirma hadislarga doir ikki risola yozgan, bu xususda juda talabchanlik bilan bahs yuritgan. Manbalar

Havolalar

Turkum:Faqihlar Turkum:Muhaddislar