Bartosz Salamon (; 1991-yil 1-mayda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Polshaning Lech Poznań klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Shuningdek, Polsha milliy terma jamoasi bilan UEFA Yevro-2016da qatnashgan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati Salamon futbolchilik faoliyatini „Concordia Murowana Goślina“da boshlagan. Keyin Polshaning „Lech Poznań“ klubi akademiyasiga oʻtdi.
Brescia va Foggiaga ijara 2008-yil 3-may kuni 17 yoshga to‘lganidan ikki kun o‘tib, Modenaga qarshi o‘yinning 77-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib B seriyadagi debyutini oʻtkazdi. 2009-yilning 17-yanvarida birinchi marta Brescianing Pizaga qarshi oʻyinida jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushdi, jamoa 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. 9-avgust kuni Italiya kubogi doirasida Ravennaga qarshi oʻyinda (1:0) „Brescia“ safidagi ilk golini kiritdi.
2010-yil iyul oyidan Italiya futbolining uchinchi ligasi hisoblanish Lega Pro Prima divizionidagi US Foggia jamoasida ijara asosida oʻynashi eʼlon qilindi.
2011—2012-yilgi mavsumda Bresciaga qaytdi. 2012—2013-yillarda Bresciada asosan markaziy himoyada oʻynadi.
Milan 2013-yilning 31-yanvarida Salamon Milanga o‘tib, 2017-yilgacha shartnoma imzoladi, to‘lovi 3,5 million yevroga teng boʻldi. Unga 14-raqamli futbolka berildiBrescia Calcio S.p..
Sampdoria 2013-yilning 11-iyulida Salamon 1,6 million yevro evaziga birgalikda egalik qilish shartnomasi asosida Sampdoriaga o‘tdi„dailymilan“, AC Milan sign Andrea Poli on Co-Ownership, 3 July 2013. 2014-yil 1-sentyabr kuni Salamon vaqtinchalik shartnoma asosida Pescaraga qoʻshildi
Cagliari 2015-yilning 31-avgustida Salamon Cagliariga 5 yillik shartnoma asosida 1 million yevro evaziga oʻtdiU. C. Sampdoria S.p..
Salamon debyutini 2015-yilning 7-sentyabrida Crotonega qarshi oʻyinda oʻtkazdi, klub raqib ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 2015—2016-yilgi mavsumda klub bilan B seriya chempionligini qoʻlga kiritdi va shu tariqa A Seriyaga oʻtishdi. thumb|215x215px| Salamon SPALda mashgʻulot paytida 2017—2018-yilgi mavsum boshida SPAL 2013ga ijaraga berildi. Klubdagi debyutini Udinesega qarshi oʻyinda (3:2) oʻtkazdi.
Frosinone 2018-yil 9-avgust kuni Salamon sotib olish majburiyati bilan 2019-yil 30-iyungacha ijara asosida A Seriyaning Frosinone jamoasiga o‘tdi.
Lech Poznań 2021-yil 9-yanvarda Polshaning Ekstraklasa vakili Lech Poznań bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati Salamon Polshaning U-16, U-17, U-18, U-19, U-20 va U-21 toifalarida terma jamoalarini himoya qilgan. 2010-yil sentyabr oyida birinchi marta Polsha terma jamoasiga AQSh va Ekvadorga qarshi oʻyinlari oldidan chaqiruv oldi. 2013-yilning 26-martida San Marinoga qarshi jahon chempionati saralash bahsida debyut qilgan.
2016-yilning mart oyida, milliy terma jamoada uch yillik tanaffusdan soʻng, Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Adam Nawałkadan Serbiya va Finlandiyaga qarshi oʻyinlari oldidan chaqiruv oldi. 2016-yilning 30-mayida Polsha terma jamoasiga Yevro-2016 uchun chaqiruv oltarkibga kiritildi .
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBrescia2007—2008Serie B1000102008—2009Serie B110001102009—2010Serie B4021612011—2012Serie B251002512012—2013Serie B21310223Jami62431655Foggia Calcio (ijara)2010—2011Prima Divisione27250322Milan2012—2013Serie A000000Sampdoria2013—2014Serie A2010302014—2015Serie A001010Jami202040Pescara (ijara)2014—2015Serie B36110371Pescara2015—2016Serie B332103422016—2017Serie A15020170Jami48230512SPAL (ijara)2017—2018Serie A22000220SPAL2019—2020Serie A7010802020—2021Serie B13210142Jami20220222Frosinone (ijara)2018—2019Serie A20010210Lech Poznań2020—2021Ekstraklasa131101412021—2022Ekstraklasa25310263Jami38420404Jami faoliyati2751519129416
Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Polsha 2013-yil 5 0 2016-yil 4 0 2022-yil 1 0 Jami 10 0
Yutuqlari Cagliari
B seriya : 2015—2016
Lech Poznań
Ekstraklasa : 2021—2022
Individual
Ekstraklasa mavsumining eng yaxshi himoyachisi: 2021—2022
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari