Shin Eun-mi koreys-amerikalik klassik qo'shiqchi va yozuvchi. 2011-2012-yillarda Shimoliy Koreyaga bir necha marta sayohat qilgan. U Shimoliy Koreyaga qilgan sayohati haqida kitob yozgan, Janubiy Koreya Madaniyat, sport va turizm vazirligi uni 2013-yilda “Tavsiya etilgan kitob” deb atagan. U Janubiy Koreyada Shimoliy Koreyaga qilgan sayohatlari mavzusida bir qator ma'ruzalar o'qidi. Dastlab ijobiy qabul qilingan uning ma'ruzalari keyinchalik muhokamalarga sabab boʼlgan. Shin Eun-mi 2015-yilning 10-yanvarida Janubiy Koreyadan deportatsiya qilingan .

Shin Eun-mining kitobi ,,Koreyalik amerikalik uy bekasi Shimoliy Koreyaga boradi " deb nomlangan. Kitob uning Shimoliy Koreyaga sayohati paytidagi sayohat kundaliklaridan iborat.

Shin Eun-mining Janubiy Koreyadan deportatsiya qilingani haqida ,,To Kill Alice" hujjatli filmi suratga olindi. Film rejissyor Kim Sang-kyu tomonidan suratga olingan.

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kereyalik jurnalistlar