Pavel Dorofeyev () (2000-yil 26-oktyabrda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkeychi. Pavel Dorofeyev hozirda Amerika xokkey ligasida (AHL) „Henderson Silver Knights“ xokkey jamoasining Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Vegas Golden Knights“ xokkey klubi oʻyinchisi sifatida oʻynaydi. Pavel Dorofeyev „Vegas Golden Knights“ xokkey klubi safiga 2019-yilgi NHL kirish loyihasining uchinchi bosqichida, umumiy hisobda 79-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati Pavel Dorofeyev yoshligida Rossiyadagi Magnitogorskning „Metallurg Magnitogorsk“ xokkey jamoasida oʻynagan. 2019—2020-yillarda „Metallurg Magnitogorsk“ xokkey klubi bilan KHLdagi ikkinchi mavsumidan so‘ng, Pavel Dorofeyev klub tomonidan 2020-yilning 11-iyunida Vladislav Semin evaziga Chelyabinskning „Traktor Chelyabinsk“ xokkey klubiga almashtirilgan.

Pavel Dorofeyev 2020—2021- yilgi mavsumni „Traktor Chelaybinsk“ xokkey klubi filiali, Oliy xokkey liga (VHL) vakili „Chelmet Chelyabinsk“ xokkey klubi bilan boshladi. Bu mavsumda Pavel Dorofeyev klub safida 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 17 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Pavel Dorofeyev 2020-yil 7-oktyabr kuni KHLda „Traktor Chelyabinsk“ klubi safida "Kunlun Red Star" bilan boʻlgan uchrashuvda (4:2 hisobida g‘alaba) maydonga tushdi.

Shimoliy Amerikada yangi mavsum boshlanishi yaqinlashayotgani tufayli Pavel Dorofeyev „Traktor Chelyabinsk“ xokkey klubi bilan shartnomasini tugatdi va 2021-yil 25-yanvarda „Vegas Golden Knights“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnomaga imzo chekdi. Keyin Pavel Dorofeyev klubning AHL filiali „Henderson Silver Knights“ xokkey klubi safiga yuborildi.

Pavel Dorofeyev NHLdagi ilk oʻyinini 2021—2022-yilgi mavsumda „Vegas Golden Knights“ xokkey klubi bilan oʻtkazdi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2017—2018Stalnye LisyMHL4819203914521362018—2019Stalnye LisyMHL1917143114302202018—2019Metallurg MagnitogorskKHL231124400002019—2020Metallurg MagnitogorskKHL484372400022019—2020Stalnye LisyMHL31122—————2020—2021Chelmet ChelyabinskVHL36891725—————2020—2021Traktor ChelyabinskKHL10000—————2020—2021Belye Medvedi ChelyabinskMHL22242—————2020—2021Henderson Silver KnightsAHL2494138520202021—2022Vegas Golden KnightsNHL20002—————2021—2022Henderson Silver KnightsAHL632725523421014KHL jami72549680002NHL jami20002-----

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2018 Rossiya U18 6 5 2 2 4 2 2020 Rossiya WJC 7 3 1 4 2 Jami 12 5 3 8 4

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar‎ Turkum:Rossiya xokkeychilari