Kodi Mathès Gakpo (1999-yil 7-mayda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasi klubi Liverpool va Gollandiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi.

PSV akademiyasining tarbiyalanuvchisi Gakpo 2018-yil fevral oyida klubdagi birinchi debyutini oʻtkazdi. 2021-22-yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 21 oʻyinda maydonga tushib, 47 gol urganidan soʻng Gollandiyaning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga sazovor boʻldi.

Gakpo Gollandiyaning 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida ham toʻp surdi. U oʻzining xalqaro debyutini 2021-yil iyun oyida Yevro 2020 turnirida oʻtkazgan.

Klublardagi faoliyati

PSV

Dastlabki faoliyati Gakpo Eyndxovenda, Stratum tumanida tugʻilib oʻsgan. Uning otasi Togoda tugʻilgan. Otasi ganalik, onasi esa gollandiyalik hisoblanadi. 2007-yilda u PSV yoshlar akademiyasiga koʻchib oʻtdi. 2016-17-yilgi mavsumda u birinchi marta Jong PSV zaxira jamoasi tarkibiga kirdi, lekin asosan U19 jamoasida oʻynadi. Gakpo 2016-yilning 4-noyabrida, Helmond Sport klubiga qarshi oʻyinda Jong PSV safidagi Eerste Divizionida oʻzining professional debyutini amalga oshirdi. Mavsumning qolgan qismida, u Jong PSV safida atigi bir oʻyinda maydonga tushdi. Keyingi mavsumda U19 Erediviziyasida 13ta liga oʻyinida yetti gol va beshta golli uzatma qayd etdi, natijada u yil oxirida nihoyat zaxira oʻyinchisiga aylandi. 2017-yil 19-yanvarda, Gakpo Ikkinchi darajali Eerste Diviziyasidagi ikkinchi uchrashuvida, De Graafshapga qarshi safarda 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, dubl qayd etdi va jamoasining uchinchi goliga assistentlik qildi. Jong PSV tarkibida u 2017-18-yilgi mavsumda 12 ta liga oʻyinida yettita gol urishga muvaffaq boʻldi.

Birinchi jamoasi Gakpo 2018-yilning 25-fevralida „Feyenoord“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda PSV safidagi ilk debyutini oʻtkazdi. 2018-19-yilgi mavsumda Gakpo oʻz koʻrsatkichlarini yanada yaxshilashga muvaffaq boʻldi. Buni jamoa bosh murabbiyi Mark van Bommel ham taʼkidladi. Biroq, dastlab u zaxira oʻyinchisi boʻlib qoldi. Uning jamoasi 2018-yil 3-dekabr kuni Go Ahead Eagles jamoasiga qarshi oʻyinda oʻz uyida 5:1 hisobida gʻalaba qozondi, u esa professional faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi. 21-dekabr kuni „Almere Siti“ klubiga qarshi oʻyinda gol va golli uzatmani amalga oshirgach, atigi bir kundan keyin Erediviziyada debyut qildi. AZ klubiga qarshi oʻz uyida 3:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda u soʻnggi daqiqalarda Stiven Bergveyn oʻrniga maydonga tushirildi. U yil oxiriga qadar Jong PSV tarkibida oʻnta liga oʻyinida toʻqqizta gol urdi va keyinchalik asosiy jamoaning doimiy aʼzosiga aylandi. 2019-yil 3-fevralda, u birinchi ligadagi golini ikkinchi oʻyinida „Fortuna Sittard“ klubiga qarshi oʻyinda (5:0) kiritdi va yana bir golga assistentlik qildi. Mavsum oxiriga qadar u 14 ta oʻyinda maydonga tushdi, ammo boshqa gol ura olmadi.

2019-20-yilgi mavsumda u Erediviziyada oʻzining barqarorligini koʻrsatdi va liganing 25 oʻyinida yetti gol va shuncha golli uzatma qayd etdi.

2020-yil 13-sentabr kuni, Eredivizianing 2020-21-mavsumining birinchi oʻyinida Gakpo PSV safidagi ilk dublini kiritib, „Groningen“ ustidan 3:1 hisobidagi gʻalabaga hissa qoʻshdi. U 24-sentabr kuni UEFA Yevropa ligasi saralashida NŠ Mura jamoasiga qarshi oʻyinda (5:1) yana bir dubl qayd etib, PSVga pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishda yordam berdi. „Rusenborg“ga qarshi oʻyinda (2:0) ham hisobiga gol yozib qoʻydi. U mavsumda 29 oʻyin oʻtkazib, 11 golga mualliflik qildi.

Gakpo KNVB kubogi-2022 finalida „Ayaks“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, PSV uchun gʻalaba golini kiritdi. 2022-yil 31-avgustda u Volendam ustidan 7:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻzining ilk xet-trikiga erishdi.

2022-yilgi yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted", „Lids Yunayted“ va „Sautgempton“ klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, Gakpo 2022/23-yilgi mavsumni PSV safida oʻtkazishga qaror qildi.

Xalqaro oʻyinlar thumb| Gakpo 2017-yilda Gollandiyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida toʻp surmoqda. Gakpo Gollandiya, Gana, Togo terma jamoalari tarkibida xalqaro miqyosda toʻp surish huquqiga ega. U Niderlandiya terma jamoasida 18, 19 va 21 yoshgacha boʻlgan tarkibda maydonda harakat qilgan.

Gakpo Gollandiyaning UEFA Yevro 2020 turniri uchun tarkibiga chaqirildi va guruh bosqichining uchinchi oʻyinida, Shimoliy Makedoniyaga qarshi oʻyinda, Frenki de Yongning oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi. Shu tariqa, u 1980-yilda Martien Vreysendan keyin Yevropa chempionatida debyut qilgan birinchi gollandiyalik futbolchiga aylandi.

Oʻyin uslubi Odatda chap qanotda oʻynaydigan Gakpo koʻpincha markaziy hujum pozitsiyasiga tezlik bilan bosim uyushtiradi va oʻzining dribling mahoratidan foydalanib, himoyachilarni anchagina qiyin ahvolga solib qoʻyadi.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub

+Klub safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalarJamoalarMavsumlarLigaKNVB KubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizyonOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarJong PSV2016-17Eerste Divisie20———202017-18Eerste Divisie137———1372018-19Eerste Divisie1110———1110Umumiy2617———2617PSV2017-18Eredivisie100000—102018-19Eredivisie1612110001922019-20Eredivisie25720111103982020-21Eredivisie2371054—29112021-22Eredivisie2712421571047212022-23Eredivisie1490093112413Umumiy106369341153115955Umumiy statistika132539341153118572

Terma jamoa

+Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Niderlandiya 2021 4 1 2022 8 5 Jami 12 6

Gakponing Niderlandiya terma jamoasi safidagi oʻyin va gollari +Kodi Gakpo tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati № Sana Joy Oʻyin Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 4-sentyabr Philips Stadion, Eyndxoven, Niderlandiya 3 4-0 4-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2022-yil 14-iyun De Kuip, Rotterdam, Niderlandiya 7 2-0 3-2 2022-23 UEFA Millatlar ligasi A 3 2022-yil 22-sentyabr Stadion Narodowy, Varshava, Polsha 8 1-0 2-0 2022-23 UEFA Millatlar ligasi A 4 2022-yil 21-noyabr Al Thumama Stadium, Doha, Qatar 10 1-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati 5 2022-yil 25-noyabr Xalifa xalqaro stadioni, Doha, Qatar 11 1-0 1-1 2022 FIFA Jahon chempionati 6 2022-yil 29-noyabr Al Bayt stadioni, Al-Xor, Qatar 12 1-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati

Yutuqlari PSV

Eredivizion : 2017-18 KNVB kubogi : 2021-22  Yoxan Kroyff qalqoni : 2021, 2022

Shaxsiy

Gollandiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021-22 Erediviziyada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2022-yil sentabr, 2022-yil oktabr

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Cody Gakpo Liverpool F.C. saytida Cody Gakpo Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi saytida

Cody Gakpo RSSSF saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Jong PSV futbolchilari Turkum:PSV Eindhoven futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari