Linkin Park – vatani Los Anjeles (Kaliforniya) boʻlgan rok guruh, hozirgi paytda ular Warner Brothers Records (en) bilan shartnoma tuzganlar. Ular Nu-Metal janridagi eng mashhur va eng daromadli guruh deb hisoblanishadi. Debyut albomi „Hybrid Theory“ (2000) dunyo boʻylab 27 million nusxada sotilgan. Guruh aʼzolari

Hozirgi kundagi tarkibi Mike Shinoda – asosiy va rep vokallari, gitara va sintezator Brad Delson – bosh gitarachi ; ikkinchi darajali orqa vokallar ; sintezator ; bass Joe Hahn – fonograf, sintezator, sempllash, programming ; ikkinchi darajali orqa vokallar Dave „Phoenix“ Farrell – bass ; ikkinchi darajali orqa vokallar ; sintezator Emily Armstrong – asosiy bosh vokallar Colin Brittain – baraban, perkussion asboblar

Sobiq aʼzolari Chester Bennington – asosiy vokallar Rob Bourdon – baraban, perkussion asboblar ; ikkinchi darajali orqa vokallar Mark Wakefield – asosiy vokallar Kyle Christner – bass

Gastrol musiqachilari Scott Koziol – bass Alex Feder – asosiy gitarachi, ikkinchi darajali orqa vokallar

2001-yilgacha Linkin Park tarkibida boʻlgan sobiq aʼzolar:

Kayl Kristner (Kyle Christner) – Hybrid Theory EP yozilishida ishtirok etgan: Bas-gitara. Nosedive guruhida basist boʻlgan. Hozir punk (ska) yoʻnalishida ijod qiladi.

Skott Kozel (Scott Koziol) – Hybrid Theory yozilishida ishtirok etgan: Bas-gitara. Berkli Musiqa Kollejida oʻqigan va 1994-yilda tamomlagan. Uning yangi ijodi haqida bu yerda oʻqish mumkin: www.bassslut.com

Mark Ueykfild (Mark Wakefield) – Vokal. Guruhning Xero paytida, Chesterdan avval ashula aytgan. Velvet Hammer managementʼda ishlaydi. Taproot guruhining menejeri, oldin System Of A Down guruhi bilan ishlagan. System Of A Down'ning „Toxicity“ albomiga muqova yaratgan.

Guruh haqida thumb|275px|Mike Shinoda Tailand MTVsiga intervyu bermoqda, Bangkok Guruh 2000-yilning 28-sentyabrida oʻzining birinchi singli „One Step Closer“ chiqishidan soʻng mashhurlikka erishdi.

Guruhning musiqasi hip hop, pop, rok va elektron sempllarning aralashmasidan iborat.

Guruhning birinchi nomi – Xero (keyin „Hybrid Theory“ga almashtirilgan), 2000-yildan buyon Linkin Park deb ataladi. Guruh boshida Mike Shinoda – vokalist, Brad Delson – gitarist, bassist, Rob Bourdon – barabanchidan tashkil topgan, keyin Mark Wakefield – asosiy vokalist, Joseph Hahn – DJ va Dave Farrell qoʻshilishgan. 1997-yilda ular oʻzining birinchi 4 qoʻshiqdan iborat „Xero“ nomli kichkina albomini yaratishdi va asta sekin klub, teatrlarda ijro etishni boshlashdi. 1999-yilda Mark Wakefield bu guruhning kelajagi yoʻq deya ularni tashlab ketdi, ular sarosimaga tushishmadi va yangi vokalist qidirishga tushishdi. Va nihoyat „Zomba Music“ vitse-prezidenti orqali kutilgan vokalist – Chester Bennington ularning nazariga tushdi. 1999-yil 20-mart kuni Hybrid Theory nomi ostidagi guruh Chester Benningtonga qoʻngʻiroq qilishdi va undan vokalini demo kassetaga yozib joʻnatishni soʻrashdi. Chester oʻsha kuni oʻzining 23-tugʻilgan kunini nishonlayotgan edi va shunga qaramasdan u studioga borib kassetaga vokalini yozib, ertasi kuni ularga joʻnatdi. Uning ovozidagi kuch guruhni hayratga soldi va undan guruhga qoʻshilishini soʻrashdi. Chester u paytgacha bir necha guruhlarda ish olib borgan edi va muvaffaqiyatga erisha olmaganidan keyin hafsalasi pir boʻlgan edi. U oʻzining omadini yana bir bor sinab koʻrishga qaror qildi va Feniks(Chesterning tugʻilib oʻsgan shahri)dan Los-Angelesga yaʼni ularning oldiga koʻchib bordi.

"Hybrid Theory" 2000

1999-yilda Linkin Park oʻzining birinchi albomi „Hybrid Theory“ ustida ish yuritishni boshladi. 2000-yilning iyul oyiga kelib Linkin Park albom ustida ish tugaganini aytishdi va konsertlar bera boshlashdi. Albom 2000-yilning 24-oktyabr kuni taqdim etildi. Guruh tezda mashhurlikka erishdi. 2001-yilning yanvar oyida Linkin Park „Hybrid Theory“ albomi orqali „Hybrid Theory World Tour“ga chiqishdi. 57ta konsertdan iborat boʻlgan katta tur 2001-yilning 24-sentyabrida Amsterdamda yakuniga yetadi. 2001-yilning sentyabr oyiga kelib albom 4.8 million nusxada sotilgan edi. 2001-yilda „Crawling“, 2002-yilda „In The End“ ashulalari uchun Linkin Park mukofotlangan. Albomning mashhurligi ketidan Linkin Park 2001-yilda „Ozzfest“, „Rock Am Ring“ kabi festivallarda ishtirok ettilar va boshqa rock guruhlar bilan ham tur qildilar. 2000-2001-yillar davomida Linkin Park 324 ta konsert uyushtirishgan.

"Meteora" 2003

2001-yil yozning oxirlarida Linkin Park AQSH boʻylab tur uyushtirishayotgan edi. Oʻsha paytlarda ular yangi ashulalar ustida ish boshlashdi. 2002-yil mart oyida uzoq davom etgan „Hybrid Theory World Tour“ tugagandan soʻng ular oʻz shahriga Los-Angelesga qaytib kelishdi va ikkinchi albom ustida ish boshlashdi. 2002-yilni ular studioda ashula yozish bilan oʻtkazishdi va 2002-yilning 12-dekabr kuni ularning yangi albomi „Meteora“ tayyor boʻlgani eʼlon qilindi. 2003-yil 23-fevral kuni Linkin Park navbatdagi tur „LP Underground Tour“ ga chiqishdi. 16 ta konsertdan iborat boʻlgan tur 26-mart kuni nihoyasiga yetdi. Tur yevropada boshlandi va konsertlar „Hybrid Theory“ va „Meteora“ albomi ashulalaridan iborat edi. Va nihoyat, kutilgan damlar keldi. 2003-yilning 25-martida ikkinchi albom „Meteora“ chiqdi va bir necha oy ichida katta mashhurlikka erishdi. 2003-yilning 9-aprel aprel kuni navbatdagi „Project Revolution“ turi boshlandi, tur AQSH boʻylab 13 ta konsertdan iborat edi va 26-aprel kuni nihoyasiga yetdi. Shu yilning iyul oyida Metallica „Summer Sanitarium“ nomli tur rejalashtirishdi va Linkin Park ham shu turda Limp Bizkit, Mudvayne, Deftones guruhlari bilan birgalikda ishtirok etishdi. 2003-yil 2-3-avgust kunlarida Linkin Park Texas shtatining Dallas va Xyuston shaharlarida konsert orqali oʻzining „Live in Texas“ nomli jonli albomini yozib olishdi va noyabr oyida muxlislarga havola etishdi.

2007-yil 15 may kuni Minutes to Midnight albomi dunyo yuzini koʻrdi. Muhlislar rasmiy relizidan 10 kun oldin uni tinglashga muvaffaq boʻldilar. Chester bir intervyusida aytgandi, Linkin Park har doim oʻziga yoqqan musiqani yaratganlar, „Meteora“ bilan esa ishlar bunday kechmagan. Ular „Meteora“ni muhlislar „Hybrid Theory“ kabi stildagi albomni eshitishlari hohlagani uchun shunday yozganlar. Hozir esa, guruh yangi musiqasidan toʻliq mamnun va „oʻzini komfortda sezmoqda“. Bu albom kollektivning avvalgi ishlaridan shu bilan farqlanadiki, unda kamroq agressiv riflar, rep, koʻproq musiqaviylik boʻlib, guruh muhlislarini ajratdi. Birinchilarga nyu-metaldan chekinish yoqmadi va ular birinchi ishlarni eng yaxshi deb hisobladilar. Ikkinchilar esa, yangi ovozni guruhning rivojlanishidagi keyingi pogʻona deb qabul qilishdi. Yangi saund U2’ga oʻxshash boʻlib qoldi. Va darrov bu bilan Linkin Park’ni guruhda paydo boʻlgan yangi ovoz, yangi stilni solishtirib kritikaga mahkum qilishdi.

„Guruhning navbatdagi albomini 2012-yilgacha kutish kerakmi?“, – degan savolga ijobiy javob olindi. Mister Benningtonning soʻzlariga qaraganda, Linkin Park „Oʻzligini toʻliq angladilar. Shuning uchun endi albomlarni tezroq yozadilar“.

Diskografiya Albomlar {| class="wikitable" !align="left" valign="top" width="40"|Yil !align="left" valign="top"|Albom !align="left" valign="top"|Leybl |- |align="left" valign="top"|1997 |align="left" valign="top"|Xero Sampler Tape |align="left" valign="top"|-

|align="left" valign="top"|1999 |align="left" valign="top"|Hybrid Theory EP |align="left" valign="top"|- |- |align="left" valign="top"|2001 |align="left" valign="top"|Hybrid Theory |align="left" valign="top"|Warner Brothers Records |- |align="left" valign="top"|2002 |align="left" valign="top"|Reanimation |align="left" valign="top"|Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings |- |align="left" valign="top"|2003 |align="left" valign="top"|Meteora |align="left" valign="top"|Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings |- |align="left" valign="top"|2003 |align="left" valign="top"|Live in Texas |align="left" valign="top"|Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings |- |align="left" valign="top"|2004 |align="left" valign="top"|MTV Ultimate Mash-Ups: Collision Course (feat. Jay-Z) |align="left" valign="top"|Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings/Roc-a-Fella Records |- |align="left" valign="top"|2007 |align="left" valign="top"|Minutes to Midnight |align="left" valign="top"|Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings |- |align="left" valign="top"|2010 |align="left" valign="top"|A Thousand Suns |align="left" valign="top"|Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings |- |align="left" valign="top"|2012 |align="left" valign="top"|Living Things |align="left" valign="top"|Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings |- |align="left" valign="top"|2014 |align="left" valign="top"|The Hunting Party |align="left" valign="top"|Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings |- |align="left" valign="top"|2017 |align="left" valign="top"|One More Light |align="left" valign="top"|Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings |- |align="left" valign="top"|2024 |align="left" valign="top"|‘From Zero|align="left" valign="top"|Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings

Shuningdek, Linkin Parkning pirat albomlari mavjud.

Ulardan biri Under Attack (B-Sides) albomidir. Bu albomda taronalarining yarmi haqiqatdan ham Linkin Parkka tegishli: taronalar Hybrid Theory va Meteora albomlaridan yigʻilgan. Bu albomning ayrim ashulalarini Grey Daze guruhi (Chesterning avvalgi guruhi) ijro etadi. Shuningdek, hamma taronalarning nomlari toʻgʻri nomlanmagan.

Yana, pirat albomlar qatoriga 2003-yil chiqarilgan Erection albomi kiradi. Bu albom ashulalarining bir qismini Tribal Ink nomli shved guruhi ijro etadi. Tribal Ink guruhining Surrounded By Freaks albomi mavjud, shu albomning hamma ashulalari boshqatdan nomlanib, soʻng Erection albomiga koʻchirilgan. Erection albomining qolgan ashulalari haqiqatdan ham Linkin Park tomonidan ijro etiladi, ammo ular guruhning avvalgi albomlaridan olingan.

LP Underground Bonus CDlar Hybrid Theory EP (Qayta nashr) (2001,-) LP Underground 2.0 (2002, Machine Shop Recordings) LP Underground 3.0 (2003, Machine Shop Recordings) LP Underground 4.0 (2004, Machine Shop Recordings) LP Underground 5.0 (2005, Machine Shop Recordings) LP Underground 6.0 (2006, Machine Shop Recordings) LP Underground 7.0 (2007, Machine Shop Recordings) LP Underground 8.0 : MMM…COOKIES – Sweet Hamster Like Jewels From America! (2008, Machine Shop Recordings) LP Underground 9.0 – Demos (2009, Machine Shop Recordings) LP Underground X – Demos (2010, Machine Shop Recordings) LP Underground 11.0 (2011, Machine Shop Recordings)

Ushbu disklar roʻyxatdan oʻtish pulli boʻlgan LPUnderground aʼzolariga yuboriladi. Erkin sotuvdagi barcha LPUndeground disklari pirat nusxalardir.

Singllar

YilTaronaAlbom2001"One Step Closer"Hybrid Theory2001"Crawling"Hybrid Theory2001"In the End"Hybrid Theory2001"Papercut"Hybrid Theory2002"Pts. Of. Athrty/H! Vltg3"Reanimation2003"Somewhere I Belong"Meteora2003"Faint"Meteora2003"Numb"Meteora2004"Lying From You"Meteora2004"From the Inside"Meteora2004"Breaking the Habit"Meteora2004"Numb/Encore" (with Jay-Z)Collision Course2007"What I've Done"Minutes to Midnight2007"Bleed It Out"Minutes to Midnight2007"Shadow Of the Day"Minutes to Midnight2008"Given Up"Minutes to Midnight2008"We Made It" (with Busta Rhymes)2008"Leave Out All the Rest"Minutes to Midnight2009"New Divide"2010"The Catalyst"A Thousand Suns2010"Waiting for the EndA Thousand Suns2011"Burning in the Skies"A Thousand Suns2011"Iridescent"A Thousand Suns

DVD

2000 „Crawling“ 2000 „In The End“ 2000 „Frat Party At The Pankake Festival“ 2002 „Reanimation (DVD-Audio)“ 2003 „The Making Of Meteora“ 2004 „Breaking The Habit“ 2003 „Live In Texas“ 2004 „Collision Course“ (ft. Jay-Z)

Videokliplar Hybrid Theory albomidan videokliplar „One Step Closer“ (2000) „Crawling“ (2001) „Papercut“ (2001) (International) „In The End“ (2001) "Points Of Authority (2001) (International) (Not Official)