Theo „Teddy“ Peckham () (1987-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi. Theo Peckham hozirda WOAAning "Saugeen Shores Winterhawks" xokkey klubi bilan shartnoma imzolagan.
Shaxsiy hayoti Theo Peckham xokkey shon-sharaf zaliga kiritilgan birinchi ayol xokkeychilardan biri Anjela Jamesning oʻgay ukasi hisoblanadi. Ularning otasi Leo James irqiy segregatsiyadan qutulish uchun Mississippi shtatidan Kanadaga koʻchib kelgan afro-amerikalik edi.
Oʻyin faoliyati Theo Peckham „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga 2006-yilda NHLga kirish loyihasida 75-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Theo Peckham oʻzining NHLdagi debyutini 2008-yil 7-martda „Oilers“ klubida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi.
Theo Peckham NHLdagi ilk ochkosini 2010-yilning 2-martida „Nashville Predators“ xokkey klubiga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritdi.
Theo Peckhamning NHLdagi birinchi goli keyingi mavsumda 2010-yil 11-noyabrda "Detroit Red Wings" xokkey klubi qarshi oʻyinda urilgan.
2011-yilning 4-iyulida Theo Peckham „Oilers“ klubi bilan yana bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
2012-yil 16-iyulda „Oilers“ klubi Theo Peckham bilan yana bir yillik shartnoma imzoladilar. NHL lokavti paytida, 2012-yil 5-noyabrda Theo Peckham oʻzining oʻyin mahoratini saqlab qolish uchun ECHLning "San Francisko Bulls" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.
2013-yilning 19-iyulida Theo Peckham "Chicago Blackhawks" xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi. Theo Peckham 2013-2014-yilgi mavsum davomida klubning AHL filiali "Rockford IceHogs" xokkey klubi safida maydonga tushdi.
2014-yilning 11-oktyabrida Theo Peckham ECHL vakili "Wichita Thunder" xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Andrew Martensning nafaqaga chiqishi bilan Theo Peckham 2014—2015-yilgi mavsumni ochish uchun jamoa sardori etib saylandi. Shundan soʻng, Theo Peckham 2014-yilning 31-dekabrida Slovakiyaning Extraligasi vakili „HC ’05 Banská Bystrica“ xokkey klubi bilan shartnoma tuzishga rozi boʻldi. Keyin Theo Peckham 2015-yil 27-yanvarda Daniya Metal Ligaen vakili "Rødovre Mighty Bulls" xokkey klubi maydonga tusha boshladi.
Theo Peckham keyin WOAA vakili "Saugeen Shores Winterhawks" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2003—2004North York RangersOPJHL2914544—————2004—2005Owen Sound AttackOHL611910209800082005—2006Owen Sound AttackOHL67691523611167322006—2007Owen Sound AttackOHL53102535173401102007—2008Springfield FalconsAHL596713174—————2007—2008Edmonton OilersNHL10002—————2008—2009Springfield FalconsAHL4761319107—————2008—2009Edmonton OilersNHL1500059—————2009—2010Springfield FalconsAHL37066106—————2009—2010Edmonton OilersNHL1501143—————2010—2011Edmonton OilersNHL7131013198—————2011—2012Edmonton OilersNHL5412380—————2012—2013San Francisco BullsECHL400011—————2012—2013Edmonton OilersNHL40006—————2012—2013Oklahoma City BaronsAHL401129—————2013—2014Rockford IceHogsAHL45066100—————2014—2015Wichita ThunderECHL2626846—————2014—2015HC ’05 Banská BystricaSlovak50118—————2014—2015Rødovre Mighty BullsDNK40220500062015—2016Wichita ThunderECHL1600037—————2016—2017Saugeen Shores WinterhawksWOAA18510158611044122017—2018Hamilton SteelhawksACH2041216435033322018—2019Hamilton SteelhawksACH2317864610162019—2020Saugeen Shores WinterhawksWOAA102791830114AHL jami192123345516—————NHL jami16041317388—————
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Kanada profissional xokkeychisi