Mickaël David Alphonse ()(1989-yil 12-iyulda tugʻilgan) — professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi. Liga 1 klubi Ajaccio klubida. Franssiya poytaxtida tugʻilgan boʻlishiga qaramay, xalqaro maydonda u Gvadelupani sharafini miqyosda himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati Alphonse oʻz faoliyatini CS Louhans-Cuiseaux jamosi bilan boshlagan va kattalar safida debyutini 2007-yil 7-sentyabrda Pau FC bilan 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlanagan oʻyinda oʻtkazgan. Alphonse ikkinchi boʻlimda Hicham Elouaari oʻrniga maydonga tushgan. U klub safida 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 bora gol muallifiga aylangan.

2010-yilning yozida u „Rouen“ jamosiga oʻtgan. Keyingi mavsumda Alphonse yana klubini almashtirdi, bu safar Championnat de France havaskor jamoasi AS Moulinsga qoʻshildi. U klub bilan ikki mavsum oʻtkazdi va barcha musobaqalarda deyarli 50 oʻyin oʻtkazdi.

Alphonse 2013—2014-yilgi mavsum oldidan Burg-Péronnas bilan shartnoma imzolagan va klubdagi ikkinchi mavsumida u Milliy chempionatda uchinchi oʻrinni egallagan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan. Alphonse jamoasiga klub tarixida birinchi marta Liga 2 ga koʻtarilishiga yordam bergan.

2016-yil iyul oyida Alphone Liga 2 klubi FC Sochaux Montbeliard bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

2018-yilning iyul oyida u Liga 1 vakili Dijon bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

2020-yil 21-avgustda u „Amiens“ jamosj futbolchisiga aylangan.

2022-yilning 3-fevralida u Isroilning „Maccabi Haifa“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

2022-yilning 1-iyulida Alphonse Fransiyaga qaytgan va Ajaccio jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati Alphons Fransiyada tugʻilgan lekin gvadelupa fuqarosi. U Gvadelupa terma jamoasidagi debyutini 2018-yil 11-sentyabrda KONKAKAF Millatlar ligasi saralashida Sent-Martinga qarshi bahsda oʻtkazgan. Oʻyinda Gvadelupa raqibi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozngan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolLouhans-Cuiseaux2007—2008National30000000302008—20092352000002552009—2010323200000343Jami588400000628Rouen2010—2011Milliy liga170300000200Moulins2011—2012CFA B divizion1400000001402012—2013281300000311Jami421300000451Bourg-Péronnas2013—2014Milliy Liga2902000003102014—20152411000002512015—2016Liga 2333303000393Jami864603000854Sochaux2016—2017Liga 23405000003902017—2018242310000273Jami582810000663Dijon2018—2019Liga 11112010201612019—2020170201000200Jami281402020361Amiens2020—2021Liga 23430000003432021—2022161100000171Jami504100000514Maccabi Haifa2021—2022Isroil Premyer Ligasi150300000180Ajaccio2022—2023Liga 20000000000Karyerada jami35420351402041121

Yutuqlar Maccabi Haifa

Isroil Premyer-ligasi : 2021—2022

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Gvadelupalik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Sportchilar