Shahri Rahmatova (1927-yil, Yermachit qishlogʻi, Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati – ?) – paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1950), KPSS aʼzosi (1949).
Tarjimayi holi Shahri Rahmatova 1927-yili Kattaqoʻrgʻon tumani Yermachit qishlogʻida tavallud topgan. Rahmatova Kattaqoʻrgʻon tumanidagi Krupskaya nomli kolxozda kolxozchi (1940—1946), zveno (1946—1949), brigada boshligʻi (1950—1952) boʻlgan, Samarqand kolxoz rhbar kadrlari tayyorlash maktabida oʻqigan (1952—1955), kolxozda urugʻchilik agronomi (1955—1960), brigadir (1960—1973), 1973-yildan uchastka boshligʻi lavozimida ishlagan. Rahmatova boshliq brigadada gektaridan 74,5 sentner paxta yetishtirilgan (1949), 2—4-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1947—1959). Lenin ordeni, 2 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1927-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar