Shara Xubrich (1997-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) – nemis karatechisi . U 2021-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 50 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2021-yil may oyida u Xorvatiyaning Porec shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Yevropa chempionatida ayollar oʻrtasida 50 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Kumite boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jamoaviy bahsda oltin medalni qoʻlga kiritgan. U 2012-yildan beri Germaniya terma jamoasi aʼzosi va 2019-yildan 2021-yilgacha Germaniya olimpiya terma jamoasi tarkibida boʻlgan. U hozirda WKF reytingida 4-oʻrinni egallab turibdi. Germaniya davlatining eng koʻzga koʻringan va umidli sportchilaridan biri hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ayol sportchilar