Antidiuretik gormon notoʻgʻri sekretsiyasi sindromi — antidiuretik gormoni (ADG) va gipofiz bezining orqa qismidan yoki boshqa anormal manbadan suv-tuz almashinuvining fizlogik holatiga nomuvofiq ajralishi bilan tavsiflanadi. Ortiqcha miqdorda sekretsiya qilingan ADG buyrak kanalchalari tomonidan venoz qon aylanishiga reabsorbsiya qilinadigan suvning davomiy koʻpayishiga olib keladi.
Sindromning sabablari oltiga boʻlinadi: 1) ADG sekretsiyasini nazorat qilish joyi boʻlgan gipotalamusni bevosita stimullaydigan markaziy nerv sistemasi kasalliklari; 2) ektopik ADGni sintez qiluvchi va ajratuvchi turli xil saraton kasalliklari; 3) oʻpkaning turli kasalliklari; 4) gipotalamusni kimyoviy qoʻzgʻatuvchi bir qancha dorilar; 5) irsiy mutatsiyalar; va 6) har xil, asosan, vaqtinchalik patologiyalar.
Belgilari
Hazm tizimi
Anoreksiya Koʻngil aynishi
Tayanch-harakat tizimi
Mushak ogʻrigʻi Umumiy mushaklar kuchsizligi
Neyro-mushak tizimi
Mioklonus Reflekslarning kamayishi Ataksiya Patologik reflekslar Tremor Asteriksis
Nafas olish tizimi • Cheyn-Stoks nafasi
Nevrologik
Dizartriya Letargiya Chalkashlik Ortiqcha asabiylashish Tutqanoq Koma (miya shishi natijasida) Oʻlim
Diagnostika Tashxis qon zardobi osmolyarligining pastligi va klinik va laborator tekshiurvlarda natriy miqdorining kamaygan miqdoriga asoslanadi.
Siydik tahlilida natriyning yuqori fraksiyada ajralishi bilan yuqori konsentrlangan siydik aniqlanadi (Qon zardobdagi natriyning sshydikdagi natriyga nisbatan miqdori kamligi). Taxminiy tashxis qon zardobidagi natriy miqdorining 138 mmol/l dan kam boʻlishiga asoslanadi. Tasdiqlangan tashxis yettita koʻrsatkichning tasdiqlanishiga asoslanadi: 1) qon zardobining osmolyarligining pasayishi – <275 mOsm/kg suv; 2) siydikda natriyning yuqori konsentratsiyasi - 40 mEq / L dan yuqori, tuzni yetarli darajada isteʻmol qilgan holatda; 3) yaqin muddatda diuretik qoʻllanilmaganligi; 4) Hujayralararo suyuqlik hajmining kamayishi yoki ortishi belgilarining yoʻqligi; 5) arterial qon hajmining kamayishi belgilari - sirroz, nefroz yoki tugʻma yurak yetishmovchiligi; 6) buyrak usti va qalqonsimon bezning normal ishlashi; va 7) giperglikemiya (qandli diabetda), gipertrigliseridemiya yoki giperproteinemiya (miyelomada) ning mavjud emasligi.
Davolash Sindromni qanday davolash simptomlar mavjudligiga, giponatremiyaning ogʻirligiga va davomiyligiga bogʻliq. Davolash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Iloji boʻlsa, asosiy sababni yoʻq qilish. Qabul qilinayotgan suyuqlik 500-1000 mldan oshmasligi kerak. Ogʻir alomatlari boʻlgan bemorlarga (ongning buzilishi, konvulsiyalar yoki koma) gipertonik eritmalar (3%) 1-2 ml / kg tomir ichiga 3-4 soat ichida yuborilishi kerak.
Manbalar
Turkum:Kasalliklar Turkum:Endokrinologiya