Elvir Bolić () (bosniyacha ) (1971-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — bosniyalik sobiq futbolchi .
Elvir Bolić oʻzining 18 yillik professional faoliyatining katta qismini Turkiyada oʻtkazdi. Elvir Bolić Turkiyadagi faoliyati davomida yettita klubda, jumladan "Galatasaray" va "Fenerbahche" futbol klublarida oʻynagan edi. Elvir Bolić Ispaniyada „Rayo Vallecano“ futbol klubida ham uch yil oʻynagan edi.
Elvir Bolić toʻliq oʻn yil davomida Bosniya va Gersegovina milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro oʻyinlarda maydonga tushgan.
Klublardagi faoliyati
Čelik Zenica / Red Star Bosniya va Gertsegovina SRning Zenica shahrida tugʻilgan Elvir Bolić dastlab mahalliy „Čelik Zenica“ futbol klubi bilan oʻynay boshlagan edi.
1991-yil dekabr oyida Elvir Bolićni Yugoslaviyaning „Red Star Belgrade“ futbol klubi sotib oldi. Elvir Bolić klub safidagi oʻzining yagona mavsumida Yugoslaviya birinchi ligasida 11 oʻyinda ikkita gol urdi.
Keyingi yilning iyun oyida Elvir Bolić Yugoslaviya milliy futbol terma jamoasining Fransiyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida boʻlganida, oilasidan Elvir Bolićga Bosniyada vaziyat yomonlashgani va harbiy mojaro boshlangani haqida yomon xabar keldi. Shundan soʻng, Elvir Bolić klub direktorlariga Belgradga qaytib kelmasligini aytdi va agenti bilan uchrashish uchun Turkiyaga joʻnab ketdi. „Red Stars“ futbol klubi Elvir Bolićning istagini hurmat qildi. Keyinchalik Elvir Bolić „ Galatasaray“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
Turkiya Elvir Bolić 1992-yilning yozida Turkiyaga koʻchib oʻtdi va keyingi sakkiz yil davomida mamlakat Superligasida toʻp surdi. Elvir Bolić Turkiyadagi futbolchilik faoliyatini „Galatasaray“ futbol klubi bilan boshladi. Keyinchalik Elvir Bolić Turkiyaning „Gaziantepspor“ va "Fenerbahçe" kabi klublarida oʻynadi.
1996-yil 30-oktyabrda Elvir Bolić „Fenerbahçe“ futbol klubi safida "Manchester United" futbol klubining Yevropadagi 40 yillik mag‘lubiyatsiz uy oʻyinlari rekordini yangiladi (yaʼni, Elvir Bolić „Manchester United“ futbol klubini magʻlubiyatga olib kelgan golni kiritishga muvaffaq boʻldi).
Keyingi faoliyati Elvir Bolić 2000-yillarni Ispaniyada „Rayo Vallecano“ futbol jamoasi bilan boshlagan. Elvir Bolić uch mavsumni La Ligada klub bilan oʻtkazgan. Elvir Bolić klub safidagi oʻzining birinchi yilida 32 oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu koʻrsatkichlar Madridning chekkasidagi jamoaga chorak finalga chiqishga yordam berdi.
2003-yilda Elvir Bolić yana uzoq muddatga Turkiyaga qaytib keldi va iyul oyi oxirida „Istanbulspor“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Mavsum oxirida Elvir Bolić „ Gençlerbirliği“ jamoasi safiga qoʻshilishga qaror qildi. Shundan soʻng, Elvir Bolić mamlakatdagi ikkinchi faoliyatini „Malatyaspor“ va "Istanbulspor" futbol klublari bilan yakunladi.
Elvir Bolić 2006-yilning sentyabr oyida 35 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Xalqaro oʻyinlar +Raq.SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa1.1996-yil 6-noyabrAsim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosniya va Gersogovina2-12-1Oʻrtoqlik uchrashuvi2.1996-yil 10-noyabrBežigrad, Ljubljana, Sloveniya1-02-11998-yilgi Jahon chempionati saralashi3.1997-yil 5-noyabrEl Menzah, Tunis, Tunis1-21-2Oʻrtoqlik uchrashuvi4.1997-yil 20-avgustAsim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosniya va Gersogovina2-03-01998-yilgi Jahon chempionati saralashi5.1997-yil 20-avgustAsim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosniya va Gersogovina3-03-01998-yilgi Jahon chempionati saralashi6.1997-yil 10-sentyabrAsim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosniya va Gersogovina1-01-01998-yilgi Jahon chempionati saralashi7.1999-yil 5-iyunAsim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosniya va Gersogovina2-02-02000-yilgi Yevropa chempionati saralashi8.1999-yil 9-iyunSvangaskarð, Toftir, Farer orollari1-02-22000-yilgi Yevropa chempionati saralashi9.1999-yil 9-iyunSvangaskarð, Toftir, Farer orollari2-22-22000-yilgi Yevropa chempionati saralashi10.1999-yil 4-sentyabrAsim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosniya va Gersogovina1-11-22000-yilgi Yevropa chempionati saralashi11.2000-yil 16-avgustAsim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosniya va Gersogovina1-02-0Oʻrtoqlik uchrashuvi12.2002-yil 27-martGrbavica, Sarajevo, Bosniya va Gersogovina1-04-4Oʻrtoqlik uchrashuvi13.2002-yil 27-martGrbavica, Sarajevo, Bosniya va Gersogovina4-24-4Oʻrtoqlik uchrashuvi14.2003-yil 29-martBilino Polje, Zenica, Bosniya va Gersogovina1-02-02004-yilgi Yevropa chempionati saralashi15.2003-yil 11-oktyabrAsim Ferhatovic Hase, Sarajevo, Bosniya va Gersogovina1-11-12004-yilgi Yevropa chempionati saralashi16.2004-yil 31-mart ?, Lyuksemburg, Lyuksemburg2-02-1Oʻrtoqlik uchrashuvi17.2004-yil 8-sentyabrBilino Polje, Zenica, Bosniya va Gersogovina1-11-12006-yilgi Jahon chempionati saralashi18.2005-yil 2-fevral ?, Teheran, Eron1-01-2Oʻrtoqlik uchrashuvi19.2005-yil 30-martAsim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosniya va Gersogovina1-01-12006-yilgi Jahon chempionati saralashi20.2005-yil 8-oktyabrBilino Polje, Zenica, Bosniya va Gersogovina1-03-02006-yilgi Jahon chempionati saralashi21.2005-yil 8-oktyabrBilino Polje, Zenica, Bosniya va Gersogovina2-03-02006-yilgi Jahon chempionati saralashi22.2005-yil 8-oktyabrBilino Polje, Zenica, Bosniya va Gersogovina3-03-02006-yilgi Jahon chempionati saralashi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar