Spencer Foo () (1994-yil 19-mayda tugʻilgan), (Fu Jiang nomi bilan ham tanilgan) ()— xitoylik-kanadalik professional xokkeychi. Spencer Foo hozirda Amerika Xokkey Ligasida (AHL) „Henderson Silver Knights“ xokkey jamoasida oʻynaydi.
Oʻyin faoliyati Spencer Foo Kanadaning Edmonton shahrida tugʻilgan. Foo oʻzining kichik xokkey karyerasini Alberta Junior Xokkey Ligasida (AJHL) boshlagan. Bu yerda Spencer Foo asosiy hujumchi sifaida oʻynagan. Spencer Foo 2012-yildan 2014-yilgacha „Bonnyville Pontiacs“ xokkey klubi bilan ikki mavsum davomida maydonga tushgan. Jamoadagi ikkinchi mavsumida Foo 60 oʻyinda 40 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
AJHLda davom etish uchun juda keksa va NHLga unchalik qiziqish bildirmagan Foo 2014—2015-yilgi mavsumda ECAC xokkey konferensiyasi vakili „Union Dutchmen“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Foo „Union Dutchmen“ xokkey klubi bilan oʻtkazgan dastlabki ikki mavsumida har yili 25 ochko toʻpladi. Shundan soʻng, Spencer Foo „Calgary Flames“ xokkey klubining 2015—2016-yilgi jamoasida ajoyib taassurot qoldirdi. Shuning uchun klub Spencer Fooni 2016-yilgi kuzgi rivojlanish lageriga taklif qildi. Ammo yakunda Spencer Fooga shartnoma taklif qilishmadi.
Spencer Foo 2016—2017-yilgi mavsumda „Union Dutchmen“ klubi safida 38 o‘yinda 62 ochko to‘plagan, 36 ta golli uzatmani amalga oshirgan holda, gollar va ochkolar boʻyicha reytingda yetakchilik qildi. 2017-yil 1-iyulda Spencer Foo „Calgary Flames“ xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.
Spencer Foo „Calgary Flames“ xokkey klubi tomonidan 2017-yil 26-sentyabrda Amerika Xokkey Ligasi vakili „Stockton Heat“ xokkey jamoasiga o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini chog‘idagi qisqartirishlar doirasida joʻnatilgan edi. Foo „Stockon Heat“ xokkey klubi safida (2018-yil 28-yanvarda yakunlangan hafta uchun) AHLda haftaning eng yaxshi oʻyinchisi boʻldi. Spencer Foo oʻzining birinchi NHL oʻyinini „Calgary Flames“ xokkey jamosi bilan 2018-yil 31-martda „Edmonton Oilers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Spencer Foo NHL faoliyatidagi birinchi golini 2018-yil 5-aprelda „Winnipeg Jets“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (2-1 hisobida mag‘lubiyat) qayd etdi.
2019-yil 26-iyunda xitoylik-kanadalik xokkeychi KHLning „Kunlun Red Star“ xokkey jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagani malum boʻldi.
2022-yil 14-iyulda Spencer Foo KHLdagi uch mavsumdan so‘ng Shimoliy Amerikaga qaytib, 2022—2023-yilgi mavsum uchun „Vegas Golden Knights“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGoLGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2010—2011CAC Canadians AAAAMHL346212730—————2011—2012CAC Canadians AAAAMHL3410152534—————2012—2013Bonnyville PontiacsAJHL5513173059911222013—2014Bonnyville PontiacsAJHL6040276767341522014—2015Union CollegeECAC3911142524—————2015—2016Union CollegeECAC3612132514—————2016—2017Union CollegeECAC3826366224—————2017—2018Stockton HeatAHL6220193941—————2017—2018Calgary FlamesNHL42020—————2018—2019Stockton HeatAHL6717213836—————2019—2020Kunlun Red StarKHL588172518—————2020—2021Kunlun Red StarKHL48991836—————2021—2022Kunlun Red StarKHL4814193318—————NHL (jami)42020—————KHL (jami)15431457672—————
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2022 Xitoy OG 12 4 0 0 0 4 2022 Xitoy WC D2A 27 4 3 7 10 0 Jami 8 3 7 10 4
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar