Thelonious Gerard Aasgaard (talaffuzi: Telo Azgard 2002-yil 2-mayda tug'ilgan) - Angliyaning Wigan Athletic klubida yarim himoyachi sifatida o'ynaydigan professional futbolchi. Aasgaard Angliyaning Liverpool shahrida tug'ilgan, u xalqaro miqyosda Norvegiyani 16 yoshgacha va 20 yoshgacha himoya qilgan.
Klubdagi faoliyati Aasgaard 2016-yilda Wigan Athletic yoshlar akademiyasiga qo'shilgan. Bundan oldin esa "Liverpool" dagi yoshlar tarkibining bir qismi bo'lgan. Wigan Athletic 2019—20-yilgi mavsumda Chempionshipdan tushib ketishi natijasida Aasgaard 18 yoshida 2020—21-yilgi Liga 1 kampaniyasi uchun Wigan Athletic asosiy jamoasi tarkibiga kirdi.
Aasgaard "Wigan Athletic" bilan professional debyutini 2020-yilning 20-oktabr kuni Peterborough Unitedni o‘z uyida, EFL 1-ligasida 1:0 hisobida mag‘lub etdi. U Wigan Athletic uchun birinchi go'lini 2020-yil 21-noyabrda Oxford Unitedga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi. Aasgaard o'zining birinchi mavsumini yakunladi va barcha musobaqalarda jami 35 marta o'ynadi, shu jumladan 13 ta liga o'yinida 3 gol urdi.
2021-yilning yanvarida Aasgaard Wigan bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi. Shartnoma 2023-yilning yozigacha amal qiladi.
Xalqaro martaba Aasgaard Angliyaning Liverpool shahrida tug'ilgan va otasi orqali norvegiyalik, onasi orqali esa fransuz millati vakili hisoblanadi.
U 2018-yilda 16 yoshgacha bo'lgan Norvegiya terma jamoasini uch marta himoya qilib, o'z karyerasini anchagina yaxshiladi.
2021-yil avgustida Aasgaard birinchi marta Norvegiyaning 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasiga chaqirildi. U 2021-yil 6-sentabrda Germaniyaga qarshi o‘yinda (1:1) yarim himoyaning o‘ng tomonida debyut qildi.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar bo'yicha o'yin va go'llar statistikasi Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa JamiBoʻlimOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllar Wigan Athletic 2020–21 Birinchi liga 33 3 1 0 0 0 1 0 35 3 2021–22 Birinchi liga 5 1 2 1 2 0 5 0 14 2 Umumiy faoliyat 38 4 3 1 2 0 6 0 49 5
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Wigan Athletic F.C. futbolchilari Turkum:Luton Town F.C. futbolchilari Turkum:Rangers F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Norvegiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shotlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari