Hárold Santiago Mosquera Caicedo (; 1995-yil 7-fevralda Buenaventurada tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, „Deportivo Cali“ futbol klubi yarim himoyachisi.

Biografiyasi Santiago Mosquera „Millionarios“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yil 20-mart kuni Mustang kubogida „Independiente Santa Fe“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan. 2017-yilning 23-fevralida „Deportes Tolima“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Santiago Masquera „dubl“ni amalga oshirib, „Millonarios“ futbol klubi safidagi ilk gollarini urgan. Oʻsha yili uning Kolumbiya chempioni boʻlgan.

2018-yilning 12-fevralida Mosquera MLSning „Dallas“ futbol klubiga qoʻshilgan. U 3-mart kuni „Real Salt Lake“ futbol klubiga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida AQSh Oliy ligasida debyut qildi. 29-aprel kuni „New York City“ futbol klubiga qarshi bahsda Hárold Santiago „Dallas“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 2020-yil 16-sentabrda u „Colorado Rapids“ futbol klubiga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi. 2020-yilgi mavsum oxirida „Dallas“ futbol klubi Mosquera bilan shartnomani uzaytirmadi.

2020-yil 19-dekabrda Mosquera Meksika chempionatining „Pachuca“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Qoʻshma Shtatlardagi faoliyatidan soʻng, u „Pachuca“ futbol klubi bilan 2021-yil uchun shartnoma imzoladi va 1 mavsumga imzo chekdi. U liga va kubok bahslarida jami 12 ta oʻyin oʻtkazdi va hech qanday gol va golli uzatmani amalga oshirmadi.

2022-yil 9-yanvarda u „Deportivo Cali“ futbol klubiga keldi. Hamda, u dekabrga qadar, jumladan, Libertadores kubogi-2022 turnirida jamoa safida maydonga tushishi rasmiylar tomonidan tasdiqlandi.

U yangi jamoasi safidagi birinchi golini 2022-yil 19-may kuni Libertadores kubogi-2022 turnirida „Always Ready“ futbol klubiga qarshi o‘yinda kiritgan.

Jamoalari JamoaMamlakatMavsumMillonarios2016—2017FC Dallas2018—2020CF Pachuca2021Deportivo Cali2022—hozirga qadar

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaMillonarios2016800401—120120174689412100519112018—100—100Jami548991310064912FC Dallas20183065100201336620192432——243220201340——1340Jami6713710020170138C. F. Pachuca2021900——90020211200——1200Jami21000000002100Deportivo Cali202220213006212941Jami20213006212941Umumiy faoliyatida160221613139221842621

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kolumbiyalik erkak futbolchilar