Abu Muhammad Abdulloh ibn Amr al-Kurashiy () — Muhammad paygʻambarning taniqli sahobalaridan biri, musulmon huquqshunosi (Fakih)https://islamdag.ru/lichnosti/55022.
Biografiya Toʻliq ismi Abu Muhammad Abdulloh ibn Amr ibn al-Os al-Qurashiy. Hijratdan 7 yil oldin Makkada tugʻilgan. Otasi Amr ibn al-Os payg‘ambarning sahobalaridan bo‘lib, birinchi islom davlatining tashkil topishiga katta hissa qo‘shganhttps://islamdag.ru/lichnosti/55022. Abdulloh ibn Amr ko‘p vaqtini namoz va ro‘zaga bag‘ishlab, taqvodorligi bilan ajralib turgan. Islomni qabul qilgandan keyin musulmonlar va ularning dushmanlari oʻrtasida boʻlgan koʻplab janglarda qatnashganhttps://islamdag.ru/lichnosti/55022.
Xalifalikdagi birinchi fuqarolar urushida otasi bilan birga xalifa Ali ibn Abu Tolibning muxoliflari tomonida boʻlgan. Siffin jangida ishtirok etmagani uning barcha voqealarga betarafligidan dalolat beradi. Abdulloh ibn Amr hech qachon musulmonlarga qarshi qurol ko‘tarmagan.
Abdulloh ibn Amr al-Os o‘z davrining eng bilimdon kishilaridan bo‘lib, muallimlik bilan shug‘ullangan. Nafaqat arab, balki ibroniy va Suryoniy tilini ham bilgan. Muhammad payg‘ambarning hadislarini yaxshi bilgan va „as-Sahifa as-Sodiq“ nomli kitobida yozib qoldirgan. Muhammad payg‘ambarning ruxsati bilan hadis yozgan ilk sahobalardanhttps://islamdag.ru/lichnosti/55022https://islamdag.ru/lichnosti/55022. Mashhur hadis roviylaridan biri Abu Hurayra roziyallohu anhu Abdulloh ibn Amrning payg‘ambar hayotini undan ko‘ra ko‘proq bilganligini aytdilarAn Introduction to the Conservation of Hadith (In the Light of Sahifah Hammam ibn Munabbih), Dr. Hamidullah, Islamic Book Trust, ISBN 978-983-9154-94-8. Abdulloh ibn Amrdan 700 ga yaqin hadis rivoyat qilinganhttps://islamdag.ru/lichnosti/55022.
Abdulloh ibn Amr Fustat shahrida (hozirgi Misr) 72 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Turkum:684-yilda vafot etganlar Turkum:Makkada tugʻilganlar Turkum:595-yilda tugʻilganlar Turkum:Sahoba hadis roviylari Turkum:Misrdagi Umaviylar hokimlari