Bjarne Goldbæk (1968-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — daniyalik sobiq professional futbolchi va Eurosportning hozirgi sport eksperti. Hujumkor yarim himoyachi Goldbæk bir qancha xorij klublarida, jumladan Angliyaning „Chelsea“ va „Fulham“ klublarida oʻynagan. 1. FC Kaiserslautern bilan 1990-yilgi Germaniya kubogi turnirida va 1990—1991-yilgi Bundesliga chempionligini yutgan. Daniya terma jamoasi sifatida 28 ta oʻyinda maydonga tushgan va 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevro-2000 turnirlarida terma jamoasini himoya qilgan

Goldbæk futbol agenti va vaqti-vaqti bilan Bundesliga oʻyinlari paytida Eurosportda futbol sharhlovchisi sifatida ishlaydi.

Klublardagi faoliyati Kopengagenda tugʻilgan Goldbæk faoliyatini Daniyaning B 1901 klubida boshlagan, 1987-yilda Daniya 1-divizionining eng yaxshi klubi Næstved IF ga oʻtgan. Oʻsha yilning sentyabr oyida Bundesliganing „Schalke 04“ jamoasiga oʻtdi. 1989-yil dekabr oyida 1. FC Kaiserslauternga oʻtdi. Klub bilan 1990—1991-yilgi mavsumda Germaniya Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik Germaniyaning Tennis Borussia Berlin va 1. FK Köln klublarida oʻynagan. 1996-yilda Daniyaga qaytib, F.C.Copenhagenga qoʻshilgan.

„Copenhagen“da tezda jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. 1998-yilda UEFA Kubok egalari kubogida „Chelsea“ga qarshi oʻtkazilgan ikkita oʻyinda urilgan gol va yaxshi oʻyinlardan soʻng "FK Copenhagen"ning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlandi. 1998-yilning noyabrida 330 000 funt sterling evaziga Chelseaga qoʻshildi. 2000-yilning yanvarida Fulham uni 650 000 funt sterling evaziga „Chelsea“dan sotib oldi. Fulhamdagi debyutini 2000-yilning yanvarida oʻtkazdi, jamoa bilan oʻz uyida Grimsby Towndan 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. „Fulham“ bosh murabbiyi Jean Tigananing jamoasi kuchaygani sari, Goldbækning ishtiroklari kamayib bordi. 2001—2002-yilgi mavsumda atigi 17 ta oʻyinda maydonga tushdi.

2003-yilda „Fulham“ni tark etib, Regionalliga vakili „Rot-Weiss Essen“ klubiga qoʻshildi. 2004-yilda sardor sifatida jamoasi bilan 2. Bundesligaga koʻtarildi, ammo keyingi yili Rot-Weiss Essen yana Regionalligaga tushib ketganligi sababli, Goldbæk 2005-yil yozida faol faoliyatini yakunladi.

Xalqaro faoliyati Goldbæk Daniya terma jamoasidagi debyutini 1987-yil 18-noyabrda, 1988-yilgi Olimpiada oʻyinlari saralashida Gʻarbiy Germaniya olimpiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi, jamoa 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarNæstved IF1987Daniya 1-divizioni174000000174Schalke 041987—1988Bundesliga2234200002651988—19892. Bundesliga3320000003321989—1990193110000204Jami74853000079111. FC Kaiserslautern1989—1990Bundesliga30100000401990—19912241000102441991—19922422010313031992—19932851000503451993—19943000000030Jami80115010919512Tennis Borussia Berlin1993—19942. Bundesliga2453000002751. FC Köln1994—1995Bundesliga1402000001601995—1996162000000162Jami302200000322Copenhagen1996—1997Daniya Superligasi3270000003271997—19983060000403461998—1999123000042165Jami74160000827218Chelsea1998—1999Angliya Premyer-ligasi2356000002951999-20006000000060Jami295600000355Fulham1999-2000First Division1831000001932000—20014321000004422001—2002Angliya Premyer-ligasi1312020001712002—2003110311030181Jami856713030987Rot-Weiss Essen2003—2004Regionalliga3070000003072004—20052. Bundesliga312100000322Jami faoliyati474662944020352773

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarMilliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Daniya 1987 1 0 1988 0 0 1989 0 0 1990 0 0 1991 3 0 1992 1 0 1993 3 0 1994 0 0 1995 0 0 1996 2 0 1997 0 0 1998 2 0 1999 9 0 2000 5 0 2001 2 0 Jami 28 0

Yutuqlari 1. Kaiserslautern

DFB-Pokal: 1990-yil Bundesliga: 1990—1991 DFB-Superkubogi: 1991-yil

Copenhagen FK

Daniya kubogi: 1996—1997

Chelsea

Angliya kubogi: 2000-yil

Fulham

Futbol Ligasi Birinchi Divizion: 2000—2001

Individual

Copenhagenning eng yaxshi futbolchisi: 1998-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari