Michael Chaput () (1992-yil 9-aprelda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Michael Chaput hozirda Kontinental Xokkey Ligasi (KHL)ning „Barys Astana“ xokkey klubi bilan oʻynaydi. Michael Chaput „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi tomonidan 2010-yilgi NHL kirish loyihasining 3-raundida (umumiy 89-oʻrin) tanlangan.

Oʻyin faoliyati Yoshligida Chaput 2004-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Deux-Rivesning kichik xokkey jamoasi bilan oʻynadi.

Michael Chaput toʻrt mavsum (2008—2012) oʻsmirlar xokkeyida Quebecning asosiy oʻsmirlar xokkey ligasida (QMJHL) „Lewiston Maineiacs“ va „Shawinigan Cataractes“ xokkey klubi jamoalarida oʻynadi. Bu klublarda u 77 gol va 187 ochko, 110 ta golga assistentlik qildi hamda 232 ta penalti ishlab oldi. Michael Chaput 2012-yilgi Memorial kubogining eng qimmat xokkeychisi sifatida Stafford Smythe Memorial Trophy bilan taqdirlangan edi. 

2011-yilning 28-fevralida „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi Chaputni Tom Sestito evaziga (Greg Moore bilan birga) „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga almashdi va 2012-yil 28-aprelda „Blue Jackets“ xokkey klubi Chaput bilan uch yillik shartnomasi imzoladi.

2018-yil 24-iyun kuni cheklangan erkin agent sifatida „Canucks“ klubi Michael Chaputni Tanner Kero evaziga „Chicago Blackhawks“ xokkey klubiga almashtirdi.

2018-yil 1-iyulda Chaput „Montreal Canadiens“ xokey klubi bilan ikki yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Michael Chaput 2018—2019-yilgi mavsumni Amerika Xokkey Ligasi filiali „Laval Rocket“ xokkey klubi bilan boshladi, ammo AHLda 18 oʻyinida 10 ochko toʻplaganidan soʻng 2018-yil 20-noyabrda asosiy klubiga chaqirildi. Chaput toʻrtinchi oʻrindagi tanlov asosida „Canadiens“ tarkibiga kirdi va 32 ta oʻyinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2019-yil 25-fevralda Michael Chaput „Canadiens“ xokkey klubi tomonidan Jordan Weal evaziga „Arizona Coyotes“ xokkey klubiga sotildi.

2021-yil 29-iyulda Chaput „Pittsburg Penguins“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.

Shimoliy Amerikadagi 10 ta mavsumdan soʻng, Michael Chaput erkin agent sifatida xorijdagi birinchi shartnomasini 2022-yil 25-sentyabrda Qozogʻistonda joylashgan KHLning „Barys Astana“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻldi.

Karyera statistikasi Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari Mavsum Klub Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM 2008—2009 Lewiston Maineiacs QMJHL 29 3 7 10 34 — — — — — 2009—2010 Lewiston Maineiacs QMJHL 68 28 27 55 60 4 0 1 1 2 2010—2011 Lewiston Maineiacs QMJHL 62 25 34 59 97 13 7 13 20 11 2011—2012 Shawinigan Cataractes QMJHL 57 21 42 63 47 11 4 8 12 2 2012—2013 Springfield Falcons AHL 73 13 19 32 57 8 1 1 2 4 2013—2014 Springfield Falcons AHL 55 19 26 45 51 5 2 1 3 6 2013—2014 Columbus Blue Jackets NHL 17 0 1 1 1 — — — — — 2014—2015 Columbus Blue Jackets NHL 33 1 4 5 21 — — — — — 2014—2015 Springfield Falcons AHL 45 10 11 21 22 — — — — — 2015—2016 Lake Erie Monsters AHL 63 16 29 45 31 17 2 6 8 13 2015—2016 Columbus Blue Jackets NHL 8 1 1 2 5 — — — — — 2016—2017 Utica Comets AHL 10 2 11 13 10 — — — — — 2016—2017 Vancouver Canucks NHL 68 4 5 9 29 — — — — — 2017—2018 Utica Comets AHL 55 17 25 42 59 5 2 1 3 4 2017—2018 Vancouver Canucks NHL 9 0 0 0 5 — — — — — 2018—2019 Laval Rocket AHL 24 10 6 16 18 — — — — — 2018—2019 Montreal Canadiens NHL 32 0 5 5 14 — — — — — 2018—2019 Tucson Roadrunners AHL 16 6 10 16 16 — — — — — 2019—2020 Tucson Roadrunners AHL 47 16 13 29 22 — — — — — 2019—2020 Arizona Coyotes NHL 2 0 0 0 2 — — — — — 2020—2021 Arizona Coyotes NHL 13 0 0 0 10 — — — — — 2021—2022 Wilkes-Barre/Scranton Penguins AHL 57 12 21 33 34 — — — — — NHL (jami) 182 6 16 22 88 — — — — — Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar