Unai Vencedor Paris (talaffuzi: Unay Vensedor Paris; 2000-yil 15-noyabrda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, Bilbaoning „Athletic“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.thumb| Vencedor 2019-yil Ispaniya U19 milliy futbol terma jamoa safida Klubdagi faoliyati Bilbao, Biskay, Basklar mamlakatida tugʻilgan Vencedor 2017-yilda „Santutxu“ klubidan „Athletic Bilbao“ klubining Lezama akademiyasiga kelib qoʻshilgan. Keyingi yilning iyun oyida, professional futbolchi sifatida shakllanishni boshlagach, u toʻgʻridan-toʻgʻri mavsumoldi tayyorgarlik uchun klub zaxirasiga kelib qoʻshildi (terma jamoasiga odatiy qabul qilish marosimini oʻtkazib yubordi) va 29-sentyabrda kattalar safida debyut qildi. 2-1 hisobida Segunda B divizioni safarida Real Ovyedo Vetustaga qarshi oʻyinda yutqazdi.

U 2018-yilning 15-dekabrida oʻzining birinchi yirik golini urdi va jamoasining ikkinchi golini oʻz maydonida „Kalahorra“ klubiga qarshi oʻyinda (3:2) kiritdi. Olti kundan soʻng u „sherlar“ bilan shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirshga muvaffaq boʻldi.

Vencedor oʻzining birinchi jamoasi va La Ligada debyutini 2020-yil 16-fevralda oʻz uyida CA „Osasuna“ klubiga 1:0 hisobida magʻlub boʻlganida boshlagan. U oʻsha mavsumda boshqa maydonga tushmadi va oʻz faoliyatini davom ettirish uchun ijaraga olishni soʻragani haqida xabar berilgandi, ammo unga 2020—2021-yilgi mavsumda oʻrin uchun daʼvogar boʻlishi aytilgandi. U „Real Betis“ klubiga qarshi yana bir start oʻtkazishdan oldin 2020-yilning noyabr oyining oxirigacha kutishga toʻgʻri keldi, biroq oʻshandan beri u muntazam ravishda asosiy tarkib uchun tanlab olindi.

Jamoada oʻzini koʻrsatgan (jumladan, Ispaniya Superkubogida „Real Madrid“, keyin „Barselona“ klublari ustidan gʻalaba qozongan) 2021-yilning fevralida Vencedor „Athletic“ bilan 2025-yilning yoziga qadar davom etadigan yangi shartnomaga rozi boʻldi, tovon puli 40 million yevroVencedor renews until 2025, Athletic Club website, 8 February 2021.

Xalqaro darajadagi faoliyati Vencedor 2019-yilda 19 yoshgacha boʻlgan va 2021-yilda 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi musobaqada ishtirok etgan Ispaniyaning yoshlar terma jamoasi azosi hisoblanadiVencedor and Nico Williams make their Spain Under-21 debuts Athletic Club official website, 3 September 2021.Unai Vencedorning hozirgi transfer qiymati 18,8 million yevrodan 31,3 million yevrogacha miqdorda baholanmoqda. Unai Vencedorning soʻnggi transferlari va transfer mish-mishlari mavsum statistikasi va faoliyat statistikasi FootballTransfers reytingida mavjud.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari Klub Mavsum Liga Milliy kubok Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Athletic Bilbao 2018—2019 Segunda B divizioni 36 2 — — 36 2 2019—2020 26 3 — 1 0 27 3 Jami 62 5 0 0 1 0 63 5 Athletic Bilbao 2019—2020 La Liga 1 0 1 0 0 0 2 0 2020—2021 28 0 4 0 2 0 34 0 2021—2022 34 0 1 0 0 0 35 0 Jami 63 0 6 0 2 0 71 0 Jami faoliyati 125 5 6 0 3 0 134 5

Yutuqlari Athletic Bilbao

Ispaniya Superkubogi: 2020—2021-yil Qirollik kubogi sohibi: 2019—2020-yil 2020—2021-yil

Manbalar

Havolalar

Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Santutxu FC futbolchilari Turkum:Athletic Bilbao B futbolchilari Turkum:Athletic Bilbao futbolchilari Turkum:SD Eibar futbolchilari Turkum:Racing de Santander futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar