George Benjamin Williams () (1993-yil 14-aprelda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. George Williams Birinchi liga vakili „Cambridge United“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Worcester City George Williams oʻz faoliyatini „Milton Keynes Dons“ futbol klubining akademiyasida boshlagan. George Williams 2013-yil avgust oyida Shimoliy Konferensiyadagi „Worcester City“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan va 2014-yilning 9-noyabrida yangi klub safidagi ilk oʻyinini „Coventry City“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:1 hisobidagi gʻalaba) oʻtkazgan.

Barnsley George Williams „Barnsley“ futbol klubiga 2014-yil 22-dekabrda kelib qoʻshilgan. U professional debyut oʻyinini 2014-yilning 26-dekabrida „Preston North End“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. 2016-yil 15-iyunda George Williams „Barnsley“ futbol klubini tark etgan.

Milton Keynes Dons 2016-yilning 28-iyunida George Williams „Milton Keynes Dons“ futbol klubi safiga ikki yillik shartnoma asosida qaytib keldi (u avvalroq klub akademiyasi tarkibida oʻynagan). George Williams klubdagi ilk oʻyinini 2016-yilning 6-avgustida „Shrewsbury Town“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Klubdagi birinchi mavsumining oxirida George Williams klubning 2016—2017-yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi va yilning eng yaxshi oʻyinchisi mukofotlari bilan taqdirlandi. U 2017-yil iyul oyida klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga rozilik bildirdi.

Bristol Rovers 2021-yil 21-yanvarda („MKD“ klubi bilan shartnomasi tugashiga atigi olti oy qolganida) George Williams „Bristol Rovers“ futbol klubi safiga nomaʼlum toʻlov evaziga qoʻshildi.

Cambridge United 2021-yil 25-iyun kuni George Williams Birinchi liga vakili „Cambridge United“ futbol klubi safiga bepul transfer orqali qoʻshildi . George Williams „Cambridge“ klubi safidagi ilk oʻyinini „Oxford United“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarWorcester City2013—2014Shimoliy konferensiya38100—304112014—2015Shimoliy konferensiya17140—00211Jami55240—30622Barnsley2014—2015Birinchi liga40000000402015—2016Birinchi liga191000040241Jami231000040281Barrow (ijara)2015—2016Milliy liga15000——150Milton Keynes Dons2016—2017Birinchi liga3323020404222017—2018Birinchi liga4314010405212018—2019Ikkinchi liga3001020103402019—2020Birinchi liga2810020403412020—2021Birinchi liga80200020120Jami1424100701501744Bristol Rovers2020—2021Birinchi liga260——00260Cambridge United2021—2022Birinchi liga4015021204922022—2023150002020190Jami551504140682Jami31681901112003739

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari