Dominik Drexler (; 1990-yil 26-mayda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, Bundesliganing „Schalke 04“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati Drexler Bonner SC, Alemannia Aachen va Bayer Leverkusen klublarida oʻsmirligida oʻynagan. 2010-yilda FC Rot-Weiß Erfurtga qoʻshilgan. Oʻsha yilning sentyabr oyida „Carl Zeiss Jena“ga qarshi Turingiya derbisida Tino Semmer oʻrniga maydonga tushgan holda debyut qildi. Oʻyinda Erfurt 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2010—2011-yilgi mavsumni 19 ta oʻyinda 4 ta gol bilan yakunlagan. 2011—2012-yilgi mavsumda 34 oʻyinda 8 ta va 2012—2013-yilgi mavsumda esa 28 oʻyinda toʻrtta gol urgan.
2013-yil iyul oyida SpVgg Greuther Fürth bilan shartnoma imzoladi va u yerda 2012—2013-yilgi mavsumni oʻtkazdi. Oʻrinbosarlar safida beshta oʻyinda toʻrtta gol urdi. Keyin 2014—2015-yilgi mavsumda VfR Aalenga qoʻshildi. 26 ta uchrashuvda bitta gol urdi. Keyingi mavsumda 32 ta oʻyinda 9 ta gol urdi. 2016—2017-yilgi mavsumni Holstein Kielda oʻtkazdi. Oʻsha mavsumda 35 oʻyinda 7 ta gol urgan. 2017—2018-yilgi mavsumda 34 oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol qayd etdi.
Drexler 2018—2019-yilgi mavsum uchun Midtjyulland bilan shartnoma imzoladi. Holstein Kielga toʻlangan transfer narxi 2,5 million yevroni tashkil qilgani xabar qilingandi. Oʻsha yozda yana 2. Bundesliga vakili 1. FC Kölnga oʻtdi. Trasnfer 4,5 million yevroga baholangan.
2021-yil 21-iyulda Bundesligadan tushib ketgan „Schalke 04“ga oʻtishga rozi boʻldi va ikki yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
KlubMavsumLigaKubokBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBayer Leverkusen II2009—2010Regionalliga West254——254Rot-Weiß Erfurt2010—20113. Liga194——1942011—20123. Liga348——3482012—20133. Liga284——284Jami8116——8116Greuther Fürth2013—20142. Bundesliga9120—111Greuther Fürth II2013—2014Regionalliga Bayern54——54VfR Aalen2014—20153. Liga24120—2612015—20163. Liga31910—329Jami551030—5810Holstein Kiel2016—20172. Bundesliga357——3572017—20182. Bundesliga311222103414Jami6619221069211. FC Köln2018—20192. Bundesliga33922—35112019—2020Bundesliga27320—2932020—2021Bundesliga2722120313Jami871463209517Schalke 042021—20222. Bundesliga23310—2432022—2023Bundesliga8123—104Jami31433—347Jami faoliyati359721683037880 Izohlar
Yutuqlari 1. FK Köln
2. Bundesliga: 2018—019
Schalke 04
2. Bundesliga: 2021—2022
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari