left|thumb|270x270px| Matsukavadagi Chihiro sanʼat muzeyi Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 3813 ta xonadonda 9689 nafar aholi istiqomat qilganMatsukawa Village official statistics, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 210 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 47,07 kvadrat kilometr (18,17 mi²) ga teng.

Geografiyasi Matsukava Nagano prefekturasining shimoli-gʻarbiy qismida, Azumidaira platosida joylashgan. Shimol va gʻarbda Hida togʻlari bilan oʻralgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar

Nagano prefekturasi Ōmachi Azumino Ikeda

Iqlimi Qishloq issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Matsukavada oʻrtacha yillik harorat 10,1 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1278 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,4 °C, eng past harorati esa yanvarda, −2,4 °C atrofida boʻladiMatsukawa climate data

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraMatsukawa population statistics, Matsukava aholisi soni uzoq vaqt oʻsishdan soʻng yaqinda kamayishni boshlagan.

Tarixi Hozirgi Matsukava hududi qadimgi Shinano viloyatining bir qismi boʻlgan va Edo davridagi Tokugava syogunati ostidagi Matsumoto domeni tomonidan nazorat qilinadigan hududning bir qismi hisoblangan. Zamonaviy Matsukava qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimini tashkil etish bilan barpo etilgan.

Taʼlim tizimi Matsukavada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Transporti

Temir yoʻl

20x20px Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Oito liniyasi Hosono — Kita-Hosono — Shinano-Matsukava

Magistral yoʻl

Milliy yoʻnalish 114

Xalqaro munosabatlar

 — Lukang, Changhua Galereya

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayti

Turkum:Nagano prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Matsukova (Nagano, Kitaazumi)