Llorenç „Sito“ Riera Ortega () (1987-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Gretsiya Superligasining „Anagennisi Karditsa“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilish huquqiga ega.
„Barselona“ va „Espanyol“da yoshlar va zaxira jamoasi oʻyinchisi sifatida faoliyatini boshlagan. U hech qachon oʻz mamlakatida professional futbolchi sifatida maydonga tushmagan va oʻn yildan ortiq vaqtni xorijiy klublarda oʻtkazgan. U Gretsiya, Ukraina, Qozogʻiston, Polsha va Kiprda yuqori divizion futbol klublarida harakat qilgan.
Klubdagi faoliyati Balear orollaridagi Manakor shahrida tugʻilgan Riera „Barselona“ va "RCD Espanyol " jamoalari tarkibiga qoʻshilgan. Ikkala klub safida rasmiy ravishda roʻyhatdan oʻtgan boʻlishigaqaramay biror marta maydonga tushmagan va doimo zaxira oʻrindigʻida qolib ketgan. 2007/2008-yilgi mavsumda u Segunda B divizioni jamoasi safiga tushirilgan. B divizoyonda maydonga tushgan boʻlishiga qaramay biror marta gol ura olmagan
2009-yil 8-iyulda „Panthrakikos“ klubida ijara asosida harakat qilgan. Keyinchalik Riera Gretsiya Superligasining „Panionios“ klubi bilan professional shartnoma imzolagan. 2011-yil 14-dekabrda u oʻzaro rozilik asosida klubni tark etgan.
Oradan biroz vaqt oʻtib Riera „Chornomorets Odesa“ klubi bilan shartnoma imzolagan ammo vujudga kelgan muaommolor tufayli klubni tark etishga majbur boʻlgan. Riera klub safida bir yarim yil oʻtkazgan, u jamoadagi soʻnggi oʻyinida qizil kartochka olgan. Uning soʻnggi oʻyini UEFA Yevropa ligasi guruh bosqichida PSV Eyndxovenga qarshi oʻtkazilgan boʻlib uning jamoasi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan edi. 2014-yil mart oyi boshida, Ukraina inqilobida vujudga kelgan fuqarolik tartibsizliklari tufayli 23-iyun kuni Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan va "Qayrat" klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan.
2016-yilning 1-aprelida, uch mavsum davomida oʻtkazgan omadsiz oʻyinlaridan soʻng Riera Olmaota markaziy stadionini va klubni tark etgan. U avgust oyida Polshaning Ekstraklasa jamoasi Slask Vrotslav bilan ikki yillik shartnoma imzolagan va klub safiga qoʻshilgan.
Polshadagi faoliyatidan soʻng Riera Kipr birinchi divizioniga koʻchib oʻtgan va u yerda Enosis Neon Paralimni FC va AEL Limassol klublarini himoya qilgan.
Shaxsiy hayoti Rieraning akasi Albert ham futbolchi boʻlgan. U qanot hujumchisi boʻlib oʻynagan va faoliyati davomida „Espanyol“, „Liverpool“ va Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaKubokLiga KubogiBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolPanthrakikos (Ijara)2008—2009Gretsiya Super Ligasi28500——285Panionios2009—2010Gretsiya Super Ligasi25411——2652010—201122211——2332011—20126100——61Jami537220000559Chornomorets2011—2012Ukraina Premyer Ligasi9010——1002012—201312030——1502013—201416300—131294Jami3734000131544Kairat2014Qozogʻiston Premyer Ligasi12131—10162201527331—7037420162000—1030Jami414620090566Śląsk Wrocław2016—2017Ekstraklasa22010——2302017—201823000——230Jami450100000460Enosis Neon2018—2019Misr Birinchi Divizioni25460——3142019—202019121——212Jami445810000526AEL Limassol2020—2021Misr Birinchi Divizioni30661——3672021—202225040—40330Jami5561010040697Karyerada jami303303110026136037
Yutuqlari Qayrat
Qozogʻiston kubogi : 2014, 2015 Qozogʻiston Superkubogi : 2016
Manbalar
Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:Barcelona FKning C oʻyinchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar