Ashley Luke Barnes () (1989-yil 30-oktyabrda tugʻilgan) —angliyalik professional futbolchi. Ashley Barnes Angliya EFL Chempionati jamoasi „Burnley“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Barnes futbolchilik faoliyati davomida avvalroq „Paulton Rovers“, „Plymouth Argyle“, „Oxford United“, „Salisbury City“, „Eastbourne Borough“, „Torquay United“ va „Brighton & Hove Albion“ futbol klublarida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
Plymouth Argyle Bolaligida Ashley Barnes „Bath Arsenal“ jamoasida oʻynagan. Ashley Barnes oʻzining professional faoliyatini „Paulton Rovers“ futbol klubida samarali toʻpurar sifatida boshlagan. 2007-yil mart oyida Ashley Barnes chempionat vakili „Plymouth Argyle“ futbol klubi bilan oʻn sakkiz oylik shartnoma bilan imzolashga muvaffaq boʻldi. U „Plymouth“ futbol klubidagi ilk oʻyinini 2007-yilning avgust oyida „Wycombe Wanderers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
Keyinchalik Ashley Barnes tajriba orttirish uchun 2007-yil noyabr oyida „Oxford United“ futbol klubiga ijaraga yuborildi. Barnes „Oxford United“ futbol klubi safida besh marta maydonga tushdi. Shundan soʻng, 2008-yilning mart oyida u „Salisbury City“ futbol klubiga ijaraga yuborildi. U klub safida 5 ta oʻyinda maydonga tushdi, ammo raqib darvozasini ishgʻol eta olmadi.
Barnes 2008-yilning noyabr oyida jamoadoshi Daniel Smith bilan birga „Eastbourne Borough“ futbol klubiga uchinchi marta ijaraga berildi.
Ashley Barnes 2010-yilning fevralida mavsum oxirigacha Ikkinchi liga vakili „Torquay United“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi, lekin bir oy oʻtib, (oltita oʻyinda maydonga tushib) asosiy jamoa safiga qaytdi.
Brighton & Hove Albion Keyinchalik Barnes mavsum oxirigacha ijara asosida"Brighton & Hove Albion" futbol klubiga qoʻshildi. Ashley Barnes ikki kundan soʻng „Tranmere Rovers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻyinda gol urdi.
2010-yilning 8-iyulida Barnes „Plymouth Argyle“ futbol klubidan nomaʼlum toʻlov evaziga transfer qilinganidan soʻng „Brighton & Hove Albion“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Barnes mavsumni 49 oʻyinda 20 gol urgan holda (Glenn Murreydan keyin) „Brighton“ klubining ikkinchi eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi.
Burnley 2014-yilning 10-yanvarida Ashley Barnes „Burnley“ futbol klubiga nomaʼlum pul evaziga uch yarim yillik shartnoma asosida qoʻshildi. 2019-yilning noyabrida Barnes „Burnley“ futbol klubi bilan 2022-yilning iyunigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti Ashley Barnes Bath yaqinidagi Somerset shtatidagi Dunkerton shahrida tugʻilgan. U Bath yaqinidagi Writhlington maktabida oʻqigan.
Faoliyat statistikasi
+KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarPlymouth Argyle2007—2008Chempionat00—10—102008—2009Chempionat1510000—1512009—2010Chempionat711010—91Jami2221020—252Oxford United (ijara)2007—2008Premyer konferensiya3120—3081Salisbury City (ijara)2007—2008Premyer konferensiya50———50Eastbourne Borough (ijara)2008—2009Premyer konferensiya85——1095Torquay United (ijara)2009—2010Ikkinchi liga60———60Brighton & Hove Albion (ijara)2009—2010Birinchi liga84———84Brighton & Hove Albion2010—2011Birinchi liga421862001049202011—2012Chempionat43114132—50142012—2013Chempionat3482110203992013—2014Chempionat2251011—246Jami14946134533017053Burnley2013—2014Chempionat213———2132014—2015Premyer liga3551010—3752015—2016Chempionat800000—802016—2017Premyer liga2863000—3162017—2018Premyer liga3691120—39102018—2019Premyer liga371200105143132019—2020Premyer liga1960000—1962020—2021Premyer liga2232010—2532021—2022Premyer liga2310020—2512022—2023Chempionat1300010—140Jami2424571805126247Jmai43499235153121484108
Manbalar
Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Burnley F.C. futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari