left|thumb|270x270px| Makigahara koʻprigidan Nakagava qishlogʻi Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1628 ta xonadonda 4910 nafar aholi istiqomat qilganNakagawa village official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 64 nafardan toʻgʻri kelgan. Qishloqning umumiy maydoni 77,05 kvadrat kilometr (29,75 mi²) ga teng. Nakagava Yaponiyaning eng goʻzal qishloqlari roʻyxatiga kiritilgan.
Geografiyasi Nakagava janubiy-markaziy Nagano prefekturasining Ina vodiysida Kiso togʻlari orasida joylashgan. Qishloq boʻylab Tenryu daryosi oqib oʻtadi. Koshibu toʻgʻoni Nakagavada joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Nagano prefekturasi Komagane Iijima Matsukava Ōshika, Nagano
Iqlimi Qishloq issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Nakagavada oʻrtacha yillik harorat 9,7 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1691 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 22,25 °C, eng past harorati esa yanvarda, −2,4 °C atrofida boʻladiNakagawa climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraNakagawa population statistics, Nakagava aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida kamayib bormoqda.
Tarixi Hozirgi Nakagava hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Katagiri va Minakata qishloqlari 1959-yil 1-avgustda birlashib, Nakagava qishlogʻini tashkil qilgan.
Taʼlim tizimi Qishloqda ikkita davlat boshlangʻich maktabi hamda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktab faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.
Transporti
Temir yoʻl
20x20px Markaziy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Iida liniyasi Ina-Tajima
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 153
Nakagavaning taniqli odamlari
Koichi Shiozava, Yaponiya Imperator dengiz flotining admirali Galereya
Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayti
Turkum:Nagano prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Nakagava (Nagano)