Jan-Alain Boumsong Somkong () (1979-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — fransiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati

Yoshlik yillari Boumsong Kamerunning Duala shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini AJ Auxerrega qoʻshilishdan oldin Fransiyaning Le Gavr jamoasida boshlagan. U 2003-yil Fransiya kubogi finalida Parij Sen-Jermenga qarshi oʻyinning 89-daqiqasida Oserning 2:1 hisobidagi gʻalaba golini kiritgan.

Rangers Boumsong 2004-yilda „Rangers“ga oʻtgan va besh yillik shartnoma imzolagan.

Boumsong Shotlandiya oʻyiniga tezda moslashgan va markaziy himoyachi sifatida oʻz mahoratini namoyish etgan, 2004/05-yilgi mavsumning yarmida "Newcastle" yangi bosh murabbiyi Grem Souness futbolchi uchun 8 million funt sterling taklif qilgan, Rangers esa 2005-yil yanvarida transfer oynasi ochilgandan soʻng futbolchini sotib yuborgan.

Newcastle Boumsong jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

8 million funt sterlinglik transfer bahosi koʻpchilikni hayratda qoldirgan, chunki futbolchi bir necha oy oldin „Rangers“ga erkin agent sifatida qoʻshilgan edi.

Uning „Nyukasl“dagi mavsumi unchalik yaxshi qabul qilinmagan. Boumsongning himoya qobiliyatidagi pasayish tufayli koʻpincha gol oʻtkazib yuborishda aybdor hisoblangan.

Juventus 2006-yil 22-avgustda Boumsong 3,3 million funt sterling evaziga „Juventus“ jamosiga qoʻshilgan. 2006-yil sentyabr oyida Boumsong oʻzining „Juventus“ tarkibidagi birinchi golini „Krotone“ga qarshi oʻyinda kiritgan va „Juventus“ 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Qolgan ikkita golga Valeriy Bojinov mualliflik qilgan. Boumsongning „Juventus“ bilan soʻnggi oʻyini 2008-yil 23-yanvarda „Internasionale“ga qarshi Italiya kubogi doirasida boʻlib oʻtgan.

Lyon 2008-yil 24-yanvarda Boumsong uch yarim yillik shartnoma asosida Fransiyaning „Olimpique Lyonnais“ klubiga oʻtdi.

U klubdagi debyutini 2008-yil 8-fevralda „Stad de Gerland“da „Sochaux“ga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan.

Panathinaikos 2010-yil 30-iyulda Boumsong „Olimpique Lyonnasi“dan Gretsiya Superliga chempioni „Panathinaikos“ klubiga oʻtgan. U Gretsiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 1,9 million yevro maosh olishini kelishib olgan.

2012-yilda Boumsong klub bilan yana ikki yillik shartnoma imzolagan va „Panathinaikos“dagi faoliyatini 2014-yilgacha uzaytirgan. Yozda Boumsong 2012/13-yilgi mavsum uchun klub vitse-sardori deb eʼlon qilingan. U 2012/13-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida Motherwellga qarshi oʻyinda gʻalaba golini kiritgan.

Xalqaro faoliyati Boumsong Fransiya terma jamoasidagi debyutini 2003-yilning 20-iyunida Yaponiyaga qarshi oʻtkazgan.

U 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida oʻzini milliy terma jamoada muntazam boshlangʻich oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va 2006-yilgi Jahon chempionati uchun terma jamoaga chaqirilgan, ammo Lilian Thuramning safga qaytishi sababli musobaqa davomida maydonga tushmagan.

Boumsong Yevro-2008da atigi bitta oʻyinda maydonga tushgan, oʻshanda Fransiya va Italiya terma jamoalari oʻrtasidagi guruh oʻyinida Samir Nasrini oʻrniga oʻyinga qoʻshilgan. Nasrining oʻzi atigi 16 daqiqa oldin jarohatlangan Franck Riberyning oʻrniga maydonga tushgan edi, ammo markaziy himoyachi Erik Abidal maydondan chetlatilgach, fransiyalik murabbiy Raymon Domenek himoyachi Bumson uchun yarim himoyachi Nasrini maydondan olgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolLe Havre1997—1998Liga 110--101998—1999Liga 11812020--2211999—2000Liga 123010--240Jami421203000-471Auxerre2000—2001Liga 13202020-3602001—2002Liga 134120--3612002—2003Liga 1331111060-4122003—2004Liga 13212010-351Jami1313117090-1484Rangers2004—2005Shotlandiya Premyer Ligasi18260-242Newcastle United2004—2005Premyer League14010---1502005—2006Premyer League33010---340Jami47020---490Juventus2006—2007Seriya B332----3322007—2008Seriya A0031---31Jami33231---363Lyon2007—2008Liga 180400010-1302008—2009Liga 1321310080-4322009—2010Liga 1191212060-292Jami5929220150-854Panathinaikos2010—2011Grtesiya Super Ligasi21110-50403112011—2012Grtesiya Super Ligasi173--42602752012—2013Grtesiya Super Ligasi14110-4010201Jami52520-132110787Karyerada jami3821519412043211046721

Xalqaro maydondagi gollari +Jean-Alain Boumsong tomonidan kiritilgan gol# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2003-yil 11-oktyabr Stad de Frans, Sen-Deni 3-0 3-0 Yevro-2004 saralashi

Yutuqlari Auxerre

Fransiya kubogi : 2002—2003

Rangers

Shotlandiya Premer-ligasi : 2004—2005

Juventus

B seriya : 2006—2007

Lyon

Liga 1: 2007—2008 Fransiya kubogi: 2007—2008

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari