Sven Fischer (1971-yil 16-aprelda tugʻilgan) — sobiq nemis biatlonchisi. U WSV Oberhof 05 klubida mashgʻulot oʻtkazgan va unga Frank Ullrich va Fritz Fisher (milliy murabbiylar) va Klaus Sibert (klub murabbiyi) murabbiylik qilgan. 2006—2007-yilgi biatlon mavsumidan soʻng u nafaqaga chigan.
Yoshligi Fischer boʻyi 1.85 m va ogʻirligi 85 kg, Tyuringiyaning Shmalkalden shahrida (avvalgi Sharqiy Germaniya) tugʻilgan. Uning yengil atletika boʻyicha steʼdodi erta kashf etilgan va uchinchi sinfdayoq u haftasiga uch marta BSG Werkzeugkombinat sport klubida mashgʻulot oʻtkazgan. Beshinchi sinfda oʻz yoshi toifasida tuman chempioni boʻlgan.
1983-yil sentyabr oyida Kinder-und Jugendsportschule (KJS) maktab-internati uni biatlon boʻyicha yoshlar stipendiyasiga qabul qilgan. 1989-yilda imtihondan soʻng armiyaga sport oʻqituvchisi boʻlish uchun oʻqishga kirgan. Germaniyaning qayta birlashishi va Berlin devorining qulashi va keyinchalik Sharqiy va Gʻarbiy Germaniya armiyalarining birlashishi uni 1990-yilda armiyani tark etishga majbur qilgan.
Fischer Xolmenkollen changʻi festivalida sakkizta biatlon gʻalabasiga ega, uchtasi yakkalik (1995-yil, 1999-yil va 2004-yillar), ikkitasi sprintda (1995-yil, 1999-yil), ikkita esa taʼqib qilishda (2002-yil, 2004-yil) va bittasi ommaviy startdagi (2001-yil) gʻalabalardir.
Faoliyati Fischer ikki marta (1996—1997-yil va 1998—1999-yil) Jahon kubogini yutgan, ikki marta ikkinchi (1993—1994-yil va 2004—2005-yil) va uch marta uchinchi (1995—1996-yil, 1997—1998-yil va 1999—2000) boʻlgan. 2004—2005-yilgi mavsumda Fisher Jahon kubogida atigi oʻn bir ochko farq bilan ikkinchi boʻlgan, agar u yilning soʻnggi poygasida qatnashganida, katta ehtimol bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlar edi, ammo sovuq tufayli uni oʻtkazib yuborishga toʻgri kelgan.
Biatlon natijalari Barcha natijalar Xalqaro biatlon ittifoqidan olingan.
Olimpiya oʻyinlari 8 ta medal (4 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza) MusobaqaYakkalik Sprint Taʼqib qilishOmmaviy start Estafeta1994-yil Lillexammer Bronza 7 Oltin——1998-yil Nagano 16 29 Oltin——2002-yil Solt-Leyk Siti 29 Kumush 12Kumush—2006-yil Turin 17 Oltin Bronza 17 Oltin
*Taʼqib qilish musobaqa sifatida 2002-yilda qoʻshilgan, ommaviy start esa 2006-yilda qoʻshilgan.
Manbalar