Chancel Mangulu Mbemba (talaffuzi: Shansel Mangulu Mbemba; 1994-yil 8-avgustda tugʻilgan) — kongolik professional futbolchi. U Ligue 1 klubi Marseille va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Mbemba professional faoliyatini Anderlechtda boshlagan va klub bilan 2013—2014-yilgi debyut mavsumida Belgiya Pro-ligasida gʻolib chiqqan. Bir yil oʻtgach, Mbemba Newcastle Unitedga oʻtdi, u yerda Premyer-ligada oʻynadi va klub bilan 2017-yilda EFL chempionligini qoʻlga kiritdi. U Portoda oʻtkazgan toʻrt yili davomida klub 2020— va 2022-yillarda Primeira Liga hamda Taça de Portugal kabi muhim turnirlar gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
2012-yildan beri Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasining a’zosi bo‘lgan Mbemba terma jamoasida 60 tadan ortiq oʻyin oʻtkazgan, mamlakatni toʻrtta Afrika millatlar kubogi turnirida himoya qilgan va unda 2015-yilda jamoasi bilan uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.
Yoshligi Mbemba Kinshasada, toʻqqiz farzandli oilada tugʻilib oʻsgan. Uning onasi Antoinette Kongo Demokratik Respublikasi vakili boʻlgan sobiq basketbolchidir.
CNNning 2013-yilgi hisobotiga ko‘ra, Mbembaning tug‘ilgan sanasi to‘g‘risida hujjatlarda 1988-yildan 1994-yilgacha bo‘lgan to‘rtta turli sana qayd etilgan. Futbolchining o‘zi 1990-yilda tug‘ilganini aytgan. Kongo Futbol Federatsiyasining nomi oshkor qilinmagan a’zosi esa, Mbembaning tug‘ilgan sanasi 1991-yilga o‘zgartirilganini ma’lum qilgan. Buning sababi, o‘yinchilar 23 yoshdan kichik bo‘lishi talab qilinadigan 2012-yilgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashish huquqiga ega bo‘lish edi. Newcastle bilan shartnoma imzolagandan soʻng, Mbemba 1994-yilda tug‘ilganini va buni tasdiqlovchi sud-tibbiy dalillari mavjudligini ta’kidlagan.
Klubdagi faoliyati
Anderlecht Mbemba Kinshasadagi ES La Grace va FC MK Etanchéité kabi bir qancha klublarda yoshlar futboli bilan shugʻullangach, 2012-yilda Belgiyaning Anderlecht klubiga qoʻshildi. Klubga oʻtgandan soʻng, u asosan Anderlechtning zaxira hamda yoshlar jamoalarida oʻynadi va yoshi kattaroq ekanligi haqidagi mish-mishlarga barham berish uchun suyaklarini skanerlashni soʻradi.
2013-yil 21-iyulda Anderlecht jamoasi Genk ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, Belgiya Superkubogini qo‘lga kiritgan o‘yinda Mbemba zaxirada o‘tirdi, biroq maydonga tushirilmadi. U bir hafta oʻtgach, Belgiya Pro-ligasi mavsumining ochilish oʻyinida, Lokerenga qarshi 3:2 hisobidagi magʻlubiyat bilan kechgan mezbonlik oʻyinida klub safidagi debyutini qildi. Mbemba 18-oktyabr kuni Mons ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinidan boshlab, ligada jami 35 ta oʻyinda 5 ta gol urdi va bu ligada oyning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlishiga hissa qoʻshdi.
Mbemba 2014-yilda Belgiya Superkubogida oʻynagan va Lokerenga qarshi kechgan ushbu uchrashuvda jamoasi bilan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. 2014—2015-yilgi mavsumda u 28 ta oʻyinda maydonga tushdi, Anderlecht ligada uchinchi oʻrinni egalladi va finalda Bruggega 1:2 hisobida yutqazgani sababli 2014—2015-yilgi Belgiya kubogida ikkinchi oʻringa sazovor boʻldi.
Newcastle United thumb| 2017-yilda Mbemba (chapda) va Chelseadan Eden Hazard 2015-yilning 26-iyulida Premyer-liga jamoasi Newcastle United Mbemba bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Toʻrt kundan soʻng u klub bilan besh yillik shartnomaga kelishib oldi. Mbemba 9-avgust kuni Premyer-liga mavsumining birinchi kunida Southampton bilan 2:2 hisobida durang oʻynagan holda klubdagi debyutini qildi.
U klubdagi yagona golini 2017-yilning 7-may kuni Barnsleyga qarshi, oʻz uyida 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritdi, xuddi shu kuni, Newcastle quyi ligaga tushib ketganidan bir yil oʻtib EFL chempionligini qoʻlga kiritdi.
Porto 2018-yilning 23-iyulida Primeira Liganing Porto klubi Mbembani 7,14 million funt sterlingga sotib oldi. U 31-oktyabr kuni Taça da Liganing guruh bosqichida klubning Varzimga qarshi oʻz uyida 4:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida debyut qildi. Toʻrt kundan soʻng Mbemba Porto Maritimo klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning 80-daqiqasida hujumchi Yasin Braximining oʻrniga maydonga tushdi; oʻsha mavsumda u yana ikkita liga oʻyinini oʻtkazdi, ulardan birida, 2019-yil 7-yanvarda Estádio do Dragaoda Nacional klubi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Shuningdek, Mbemba LigaProda oʻrinbosar oʻyinchilar tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazdi.
Mbemba Portodagi birinchi golini 2019-yil 24-noyabrda urdi, oʻz uyida Vitoria de Setubalga qarshi kechgan ushbu uchrashuvda Porto 4:0 hisobida gʻalaba qozondi va bu gʻalaba uni Taça de Portugalning 1/8 finaliga olib chiqdi. 7-mart kuni u birinchi marta liga o‘yinida gol urdi. Bu xuddi shu stadionda Rio Ave bilan kechgan 1:1 hisobidagi durang o‘yinda sodir bo‘ldi va uning jamoasi mavsumni chempion sifatida yakunladi. 2020-yilning 1-avgustida Taça de Portugal finalida Porto Benfica ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda hisobdagi ikkala golni ham Mbemba urdi.
Marseille 2022-yilning 15-iyulida Mbemba Marseille bilan tekinga uch yillik shartnoma imzoladi. U 7-avgust kuni debyutini oʻtkazdi va uning jamoa safidagi Ligue 1 mavsumi Reims ustidan 4:1 hisobida qozonilgan gʻalaba bilan boshlandi. Mbemba 20-avgust kuni jamoadagi uchinchi oʻyinida birinchi golini urdi va Marseille Stade Velodromda kechgan ushbu uchrashuvda Nantes ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 7-sentyabr kuni u Chempionlar ligasi doirasida Tottenham Hotspurga qarshi 2:0 hisobidagi magʻlubiyat bilan kechgan oʻyinda Son Heung-minga nisbatan professional qoidabuzarligi uchun maydondan chetlatilgan edi.
Xalqaro faoliyati Mbemba 2012-yilning 17-iyunida, Kinshasadagi Stade des Martyrs stadionida Seyshel orollari terma jamoasiga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda maydonga tushib, 2013-yilgi Afrika millatlar kubogi saralash bosqichida Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi safidagi debyutini qildi. Mbemba murabbiy Claude Le Royning final oʻyinchilari tarkibi aʼzosi boʻlgan, biroq finalda maydonga tushmagan. U 2015-yilda Ekvatorial Gvineyada boʻlib oʻtgan Afrika millatlar kubogida uchinchi oʻrinni egallagan jamoa tarkibida boʻlgan va bronza medali uchun mezbonlarga qarshi kechgan oʻyinda penaltini amalga oshirib, jamoasining gʻalabasiga hissa qoʻshgan.
2015-yil 13-oktyabrda Mbemba Belgiyaning Visé shahrida Gabonga qarshi 2:1 hisobida tugagan oʻrtoqlik uchrashuvida uzoq masofadan birinchi xalqaro golini kiritdi. U 2017— va 2019-yillardagi Afrika millatlar kubogiga ham qatnashdi; 2019-yildagi Afrika millatlar kubogi doirasida Misrda kechgan 16-turdagi Madagaskarga qarshi oʻyinda natijani 2:2 hisobidagi durangga aylantirgan golni boshi bilan darvozaga kiritgan, biroq uning jamoasi oʻyindan keyingi penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Klub : +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiKontinentalBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarAnderlecht2013—2014Belgiya Pro-ligasi35500—51004062014—201528120—6210373Jami636200011310779Newcastle United2015—2016Premyer-liga3301010——3502016—2017Chempionat1210010——1312017—2018Premyer-liga901010——110Jami54120300000591Porto B2018—2019Liga Portugal 220————20Porto2018—2019Primeira Liga3020100000602019—2020262645050—4262020—20212714010100104312021—2022312601090—472Jami87518480240101389Marseille2022—2023Ligue 110100—21—122Faoliyati jami216132241103742027920
Xalqaro : +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Kongo DR 2012-yil 2 0 2013-yil 2 0 2014-yil 4 0 2015-yil 14 1 2016-yil 7 0 2017-yil 11 2 2018-yil 4 0 2019-yil 10 1 2020-yil 2 0 2021-yil 8 0 2022-yil 2 0 Jami 66 4
Hisob va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Kongo Demokratik Respublikasining gollari sonini, hisob ustuni Mbembaning har bir golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi.
+Chancel Mbemba tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2015-yil 12-oktyabr Stade de la Cité de l’Oie, Vise, Belgiya 2-1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2 2017-yil 10-iyun Stade des Martyrs, Kinshasa, Kongo DR 3-1 1-1 2019 Afrika millatlar kubogi saralashi 3 2017-yil 5-sentyabr 1-0 2-2 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2019-yil 7-iyul Iskandariya stadioni, Iskandariya, Misr 2-2 2-2(2-4 penalti) 2019 Afrika millatlar kubogi
Yutuqlari thumb| Mbemba (18-raqam) 2015-yil avgust oyida Newcastledagi debyutida Anderlecht
Belgiya Pro-ligasi: 2013—2014 Belgiya Superkubogi: 2013, 2014
Newcastle United
EFL chempionati: 2016—2017
Porto
Primeira Liga: 2019—2020, 2021—2022 Taça de Portugal: 2019—2020, 2021—2022 Supertaça Candido de Oliveira: 2020
Kongo DR
Afrika millatlar kubogi bronza: 2015
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kongo Demokratik Respublikasilik erkak futbolchilar Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari
Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari
Turkum:Segunda Liga futbolchilari
Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar