Abarkuhsarvi (, Sarv-e Abarkuh), zardushtiy sarv deb ham ataladi, — Eronning Yazd viloyati Abarkuh shahridagi fors sarv daraxti. Balandligi boʻlgan daraxt Eronning Madaniy meros tashkiloti tomonidan milliy tabiat yodgorligi sifatida muhofazaga olingan. Daraxtni koʻrish uchun koʻplab sayyohlar tashrif buyurishadi. Uning yoshi toʻrt mingdan ortiq deb taxmin qilinadi.
Daraxtning aniq yoshini bilish qiyin. Ammo uning 4000 dan 5000-yilgacha boʻlgan tarixga egaligi taxmin qilinadi. Daraxtning uzoq umr koʻrishiga qulay tabiiy sharoit asosiy sabab boʻlgan.
Daraxt haqida bir afsona bor, unda daraxtni birinchi boʻlib Zardusht ekkan deyiladi. Aytishlaricha, Zardusht oʻz taʼlimotini Eronning Balx tomondagi shaharlaridan biriga yoyish uchun kelgan va Shoh Goʻshtasp bilan uchrashgan. U Abarkuhda toʻxtab, bu daraxtni oʻtqazgan.
Galereya
Manbalar
Turkum:Yazd ustoni Turkum:Zardushtiylik