Eduardo 'Eduʼ Bedia Pelaes (1989-yil 23-martda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Hindiston Superligasining „Goa“ klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ispaniya va Germaniya Kantabriyaning Santander shahrida tugʻilgan Bedia oʻzining tugʻilgan shahri „Racing de Santander“ning yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. 2008-yilning 24-sentyabrida oʻzining birinchi jamoasi safida La Ligada debyut qilgan.
2011-yilning yanvarida Bedia Segunda Diviziyasining UD Salamanca jamoasiga ijaraga berildi, besh oylik faoliyati davomida jami 1119 daqiqa oʻynadi, ammo jamoa quyi ligaga tushib ketdi. Keyinchalik, Racinga qaytdi.
Bedia keyingi yillarda Hércules CF va FC Barcelona Atletic bilan ikkinchi divizionda oʻynadi. 2014-yil 16-iyun kuni u va Barça B aʼzosi Ilie Sánchez Germaniyaning TSV 1860 Munich klubi bilan shartnoma imzoladilar.
2015-yil 13-iyulda Bedia Real Oviedo bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2017-yilning 19-yanvarida „Real Saragosa“ga oʻtdi.
Goa 2017-yil 2-sentyabrda Bedia Hindiston Superligasi franshizasi FC Goa jamoasiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi. Ikkinchi mavsumida yetti gol urdi.
2020-yil iyun oyida Bedia yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. Oʻsha mavsum oldidan sardor etib tayinlandi va 2021-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida oʻynadi.
Bedia jamoasi bilan 2021-yilgi Durand kubogida maydonga tushdi. Yarim finalda Bengaluru FCni intriga bilan 7:6 hisobida magʻlub etdi. Bedia esa oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. 3-oktyabr kuni Mohammedan SCga qarshi hal qiluvchi oʻyinda qoʻshimcha vaqtda jarima zarbasi orqali yagona gol kiritdi.
Faoliyat statistikasi
Klubda
KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDiviziyaishtirokGollarishtirokGollarishtirokGollarishtirokGollarRacing Santander2007—2008La Liga0000—002008—200912021311722009—20105000—592010—20116021—812011—201211030—140Jami3407231443Salamanca (ijara)2010—2011Segunda División19200—192Hércules2012—201333510—345Barcelona B2013—2014397——3971860 Munich2014—20152. Bundesliga9010—100Oviedo2015—2016Segunda División24020—2602016—20177010—80Zaragoza2016—201714100—141Goa2017—2018Hindiston Superligasi18130 -2112018—201920731 -2382019—202013100 -1312020—202120000412412021—202215151 -202Jami86101124110113Jami265252347229531
Terma jamoada +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroklariYilTerma jamoaIshtirokGollar2009Ispaniya U20502009Ispaniya U2120
Yutuqlari Goa
ISL League Winners Shield: 2019—2020 Superkubok: 2019 Durand kubogi: 2021
Ispaniya U20
Oʻrta yer dengizi oʻyinlari: 2009
Eslatmalar
Manbalar
Havolalar
FC Barcelona rasmiy profili
Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar