Steffen Baumgart (1972-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati Hujumchi Baumgart professional faoliyatini 1995-yilda Hansa Rostockda boshlagan. Ikki yillik tanaffus bilan FC Hansada olti yil oʻtkazdi va 185 oʻyinda 32 gol urdi. 2002-yilda Union Berlinga koʻchib oʻtdi va ikki yil oʻynadi. 2004-yilda klub 2. Bundesligada 17-oʻrinni egalladi.
2004-yilda Baumgart tekinga Energie Cottbusga oʻtdi. Jamoadagi birinchi mavsumida 2. Bundesliga chempionligini qoʻlgan kiritishdi va 2006-yilda Bundesligaga koʻtarildi. Keyingi mavsumda Baumgart asosiy jamoada deyarli oʻynamadi va 2008-yil 3-yanvarda klub va futbolchi shartnomani oʻzaro bekor qilishga kelishib oldilar. 22-yanvar kuni Regionalliga Nord vakili 1. Magdeburg FK Baumgart bilan 2008-yilning iyunigacha shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Baumgart Bundesliganing 225 uchrashuvida 29 ta gol, 2.Bundesligada esa 142 ta oʻyinda 36 ta gol urgan. .
Murabbiylik faoliyati 2009-yilning 31-martida 1. FK Magdeburgga murabbiy sifatida qaytdi va mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Mavsum oxirida uning shartnomasi uzaytirildi. Baumgart 2009-yilda FSA-Pokal gʻolibi boʻldi. Dekabr oyi oxiriga kelib Magdeburg yuqori pogʻonadan oʻn ochko ortda qoldi. 2010-yilda liga oʻyinlari qayta boshlanganida bir qator yomon natijalardan soʻng, Baumgart mart oyi oxirida ishdan boʻshatildi.
2017-yilda Baumgart SC Paderborn bilan shartnoma imzoladi. Klub 2017—2018-yilgi mavsumda ikkinchi oʻrinni egalladi va 2.Bundesligaga qaytdi. 2019—2020-yilgi mavsumda klub Bundesligada oʻynadi. Paderborn mavsumni 20 ochko bilan soʻnggi oʻrinda yakunladi, bu esa 2020-yil iyun oyida liganing ikkinchi bosqichiga tushib ketishiga olib keldi. Baumgartning Paderborn bilan shartnomasi 2021-yilning 30-iyuniga qadar tuzilgandi, ammo 2021-yilning aprelida Baumgart shartnomasini uzaytirmasligi maʼlum boʻldi va mavsum oxirida klubni tark etdi.
2021-yil 11-may kuni Bundesliga klubi 1. FC Köln Baumgartni 2 yillik shartnoma asosida 2021—2022-yilgi mavsumga bosh murabbiy etib tayinlaganini eʼlon qildi. Bosh murabbiyligidagi birinchi oʻyini Bundesliga chempioni „Bayern“ ga qarshi oʻrtoqlik oʻyini boʻlib, unda Baumgart shogirdlari 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Trivia 2021-yilda Baumgart „Ein Spiel ist erst vorbei, wenn der Schiedsrichter pfeift und ich nicht mehr brülle“ (Hakam hushtak chalmaguncha va men baqirishni toʻxtatmaguncha oʻyin tugamaydi) degan soʻzi uchun Germaniya futbol madaniyati akademiyasi tomonidan berilgan „Best Fußballspruch des Jahres“ (Yilning eng yaxshi futbol soʻzi) mukofotini oldi.
Murabbiylik statistikasi
JamoaBoshlanish davriTugash davriNatijaOʻGʻMGʻalaba %1. FC Magdeburg31.03.200923.03.201034139125944 +15038.24Berliner AK 071.07.201531.08.201641251157428 +46060.98SC Paderborn16.04.201730.06.2021166763951324230 +94045.781. FC Köln1.07.2021Hozirgacha582220169086 +4037.93Jami2991367984547388 +159045.48
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Sharqiy Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:2. Bundesliga futbolchilari Turkum:SpVg Aurich futbolchilari Turkum:FC Hansa Rostock futbolchilari Turkum:VfL Wolfsburg futbolchilari Turkum:1. FC Union Berlin futbolchilari Turkum:FC Energie Cottbus futbolchilari Turkum:1. FC Magdeburg futbolchilari Turkum:SV Germania Schöneiche futbolchilari Turkum:Germaniyalik futbol murabbiylar Turkum:Bundesliga murabbiylari Turkum:2. Bundesliga murabbiylari Turkum:3. Liga murabbiylari Turkum:1. FC Magdeburg murabbiylari Turkum:Berliner AK 07 murabbiylari Turkum:SC Paderborn 07 murabbiylari Turkum:1. FC Köln murabbiylari Turkum:Hamburger SV murabbiylari Turkum:1. FC Union Berlin murabbiylari