right|thumb|250x250px| Takanezavadagi park Yaponiyaning Tochigi prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 1-iyul holatiga koʻra, shaharda 12.618 ta xonadonda 29.528 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 420 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 70,87 kvadrat kilometr (70,870,000 m2) ni tashkil etadi.
Geografiyasi Takanezava Tochigi viloyatining sharqiy-markaziy tekisliklarida joylashgan boʻlib, oʻrtacha balandligi 109-195 metrni tashkil qiladi. Shahar hududining 65 % dan ortigʻi qishloq xoʻjaligi hisoblanadi. Shahar gʻarbiy hududidan Kinugava daryosi oqib oʻtadi, shaharcha Utsunomiya shahri bilan chegaradosh.
Atrofdagi munitsipalitetlar Tochigi prefekturasi
Utsunomiya Sakura Nasukarasuyama Ichikai Haga
Iqlimi Nasuda nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, u issiq yoz va sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Nasu shahrida oʻrtacha yillik harorat 13,2 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1424 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,4 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,8 °C atrofida boʻladiNasu climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraTakanezawa population statistics, Takanezava aholisi soni uzoq davom etgan oʻsishdan soʻng kamayishni boshlagan.
Tarixi Akutsu qishlogʻi, Kitatakanezava qishlogʻi va Niita qishlogʻi Tochigi prefekturasining Shioya tumani tarkibida 1889-yil 1-aprelda Meiji restavratsiyasidan keyin zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratilishi bilan bunyod etilgan. 1953-yil aprel oyida Akutsu qishlogʻi Akutsu shaharchasi maqomiga koʻtarilgan. 1954-yil 31-martda Niita qishlogʻi tarqatib yuborildi, uning bir qismi Kitatakanezava qishlogʻi bilan birlashtirildi va bir qismi Ujie shahriga (shuningdek Shioya tumanida) qoʻshib yuborildi. Akutsu va Kitatakanezava 1958-yil 1-aprelda birlashib, Takanezava shahrini hosil qildi.
Hukumat Takanezava toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 16 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Takanezava Sakura shahri va Shioya shaharlari bilan birgalikda Tochigi prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Tochigi 2-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti Takanezava iqtisodiyoti koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, asosiy ekin sifatida guruch yetishtiriladi. Ikkilamchi ekinlarga tamaki, bugʻdoy, qulupnay va nok kiradi. Shahar soʻnggi yillarda qoʻshni Utsunomiya uchun yotoqxona jamoasi vazifasini bajaruvchi shaharchaga aylanib bormoqda.
Taʼlim tizimi Takanezavada oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Tochigi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi ham bunyod etilgan.
Transport
Temir yoʻl 20x20px JR Sharqiy yoʻnalish — Tohoku magistral liniyasi (Utsunomiya liniyasi)
Hōshakuji
20x20px JR Sharqiy yoʻnalish — Karasuyama liniyasi
Hoshakuji — Shimotsuke-Hanaoka — Niita
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 4 Milliy yoʻnalish 408
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Takanezava Onsen Galereya
Manbalar
Havolalar
Official Website
Turkum:Tochigi prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Takanezava (Tochigi)