Patrick Banggaard Jensen (; 1994-yil 4-aprelda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, SønderjyskE jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Banggaard oʻzi tugʻilgan Funen orolida turli yoshlar jamoalarida oʻynadi. Keyinchalik baland boʻyli va jismoniy kuchi bilan ajralib turadigan Banggaard 2009-yilda Vejle Boldklub akademiyasiga oʻtdi. 2013-yilda Midtjylland bilan shartnoma imzoladi va Daniya Superligasida oʻzini yaxshi koʻrsata oldi. Bu esa Germaniya Bundesliga klubi Darmshtadt 98ga oʻtishga turtki boʻldi. 2019-yilda Daniyaga qaytib, SønderjyskE bilan shartnoma imzoladi va jamoadagi birinchi mavsumida Daniya kubogini qoʻlga kiritishdi.

Banggaard 21 yoshgacha boʻlgan Daniya milliy terma jamoasida 25 oʻyin oʻtkazgan

Faoliyati

Ilk faoliyati Yoshlar darajasidagi faoliyatini Funen shahridagi Otterup B&IK klubida boshlagan. Oʻsha paytda iqtidorli gandbolchi ham edi. Keyinchalik 15 yoshida Vejle Boldklub yoshlar akademiyasiga koʻchib oʻtdi. 2012-yil 5-may kuni Daniya 1-divizionida ikkinchi darajali Esbjerg fBga qarshi oʻyinda debyut qildi. Ligada jami toʻrtta oʻyinda qatnashdi. 2012-yilning may oyi boshida Germaniyada Bundesliganing 1.FSV Mainz 05 klubida uch kunlik sinov mashgʻulotlarini yakunladi. Biroq, trasnfer amalga oshmadi.

Midtjylland 2013-yilning yanvarida Midtjylland bilan shartnoma imzoladi. 2013—2014-yilgi mavsumda 31 ta oʻyin oʻtkazdi va 2014-yil avgustida yangi shartnoma bilan taqdirlandi

Midtjylland bilan 2014—2015-yillarda Daniya chempionligini qoʻlga kiritdi. 2015—2016-yilgi mavsumda UEFA Yevropa Ligasi 1/8 finaliga chiqishdi. Bangaard chet elga koʻchib oʻtishdan oldin „Midtjylland“ uchun jami 111 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Chet elda 2017-yilning 31-yanvarida Banggaard Germaniya Bundesligasining SV Darmshtadt 98 klubi bilan 600 000 yevro evaziga uch yarim yillik shartnoma imzoladi. 18-mart kuni „Wolfsburg“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Jamoa safarda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. 2016—2017-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida toʻqqizta oʻyinda oʻynadi.

Qishki transfer davri tugashiga oz vaqt qolganda, u mavsum oxirigacha ijara asosida Gollandiyaning Eredivizion klubi Roda JK Kerkradega oʻtdi. Limburg jamoasi safida 14 oʻyinda oʻynadi.

2018-yil avgust oyi boshida boshqa klubga ijara asosida qoʻshildi, bu safar Kipr birinchi divizioni vakili Pafos FC ga. Banggaard mavsumda 20 ta oʻyinda maydonga tushdi.

SønderjyskE Banggaard 2019-yil 7-iyun kuni SønderjyskE bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi debyutini 14-iyul kuni Randers jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Jamoa 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Banggaard SønderjyskE bilan 2019—2020-yilgi Daniya kubogida AaBni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Bu gʻalaba klub tarixidagi ilk sovrin boʻldi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaBoshqaDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarVB Kolding2011—20121-Diviziya4000--40Midtjylland2012—2013Superligaen5000--502013—201431010--3202014—201526000-202812015—201613120-201712016—201720110-80291Jami95340001201113Darmstadt 982016—2017Bundesliga90---902017—20182. Bundesliga8110--91Jami171100000181Roda JC (iiara)2017—2018Eredivisie160---160Pafos (ijara)2018—2019Kipr birinchi diviziyasi29050--340SønderjyskE2019—2020Superligaen24140--2812020—202113030-10170Jami37170-10451Jami1985170001302285

Terma jamoada +YilTerma jamoaIshtirok Gollar2010Daniya U16112010—2011Daniya U171102011—2012Daniya U18902012—2013Daniya U191412013—2017Daniya U21252

Yutuqlari Midtjylland

Daniya Superligasi: 2014—2015

SønderjyskE

Daniya kubogi: 2019—2020

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar