Guljon Qurbonova (1932-yil, Beruniy tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1962). Tarjimayi holi Guljon Qurbonova 1932-yil Beruniy tumanida tavallud topgan. Qurbonova 1947—1950-yillarda Beruniy tumanidagi Beruniy nomli sovxozda ishchi, 1950-yildan zveno boshligʻi boʻlib ishlagan. Qurbonova boshliq zvenoda 10 gektar maydonning gektarida 70 sentner paxta yetishtirilgan, oʻzi qoʻlda 25 tonna paxta tergan (1956). 4—5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1955—1962) boʻlgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston paxtakorlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar