Ethan Reid Ebanks-Landell () (1992-yil 16-dekabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Ethan Ebanks-Landell „Rochdale“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Wolverhampton Wanderers Ethan Ebanks-Landell „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubining akademiyasiga toʻqqiz yoshida qoʻshilgan. Ethan Ebanks-Landell 2010-yilda klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan. Ethan Ebanks-Landell oʻzining birinchi oʻyinini 2010-yilning dekabrida, Premer-ligada „Birmingham“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan.
„Bury“ futbol klubidagi ijara mavsumidan qaytganidan soʻng, Ethan Ebanks-Landell 2013-yil 6-avgustda asosiy jamoa safida „Morecambe“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2013-yilning 16-noyabrida Ethan Ebanks-Landell oʻzining birinchi golini „Nots County“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (oʻyindagi yagona golni) urishga muvaffaq boʻlgan.
Bury (ijara) 2012-yilning noyabrida Ethan Ebanks-Landell 2013-yilning 3-yanvariga qadar Birinchi liga vakili „Bury“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshilgan. Bu yerdagi professional debyut oʻyinini Ethan Ebanks-Landell 2012-yilning 17-noyabrida „Colchester“ futbol klubiga qarshi (0:2 hisobida magʻlubiyat) uchrashuvda oʻtkazgan.
Sheffield United (ijara) 2016-yilning 31-avgustida mart oyidan beri asosiy jamoa safida maydonga tushmagan Ethan Ebanks-Landell bir mavsum davomida „Sheffield United“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan.
Milton Keynes Dons (ijara) 2017-yilning 14-iyulida Ethan Ebanks-Landell 2017—2018-yilgi mavsum oxirigacha Birinchi liga vakili „Milton Keynes Dons“ futbol klubiga qoʻshilgan.
Rochdale (ijara) 2019-yilning 11-yanvarida Ethan Ebanks-Landell 2018—2019-yilgi mavsum oxirigacha Birinchi liga vakili „Rochdale“ futbol jamoasiga ijara asosida qoʻshilgan.
Shrewsbury Town 2019-yil 29-may kuni Ethan Ebanks-Landell Birinchi liga vakili „Shrewsbury Town“ futbol klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga 3 yillik shartnoma asosida qoʻshilgani eʼlon qilingan. Ethan Ebanks-Landell klubdagi debyut oʻyinini 3-avgustda oʻtkazgan.
Rochdale 2022-yil 13-iyun kuni Ethan Ebanks-Landell „Shrewsbury Town“ futbol klubi bilan shartnomasi tugaganidan keyin ikki yillik doimiy shartnoma asosida „Rochdale“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarWolverhampton Wanderers2012—2013Chempionat000000—002013—2014Birinchi liga721010101022014—2015Chempionat1420010—1522015—2016Chempionat2111030—2512016—2017Chempionat00000000002017—2018Chempionat00000000002018—2019Premer liga0000000000Jami425205010505Wolverhampton Wanderers2016—2017———1010Bury (ijara)2012—2013Birinchi liga240200000260Sheffield United (ijara)2016—2017Birinchi liga3450000—345Milton Keynes Dons (ijara)2017—2018Birinchi liga292411010353Rochdale (ijara)2018—2019Birinchi liga162000000162Shrewsbury Town2019—2020Birinchi liga2817010203812020—2021Birinchi liga4113010204712021—2022Birinchi liga330301030400Jami102213030701252Jami247162119010028717
Manbalar
Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar