Joshua Luke Sheehan () (1995-yil 30-martda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi. Josh Sheehan Birinchi Liga vakili „Bolton Wanderers“ futbol klubi va Uels milliy futbol terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Swansesa City Josh Sheehan 10 yoshida "Swansea City" futbol klubining akademiyasiga qoʻshilgan. 2012-yilning 2-noyabrida Josh Sheehan klub bilan 2015-yilning yozigacha amal qiladigan professional shartnoma imzolagan. 2014-yilning aprel oyida Josh Sheehan „Swansea“ klubi bilan 2016-yilning yozigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolagan. Josh Sheehan „Swansea“ klubining 2014—2015-yilgi mavsumdagi deyarli barcha safar oʻyinlarida qatnashgan.
2015-yilning 17-fevralda Josh Sheehan „Yeovil Town“ futbol klubi bilan bir oylik favqulodda ijara shartnomasi imzoladi, keyinchalik bu shartnoma muddati mavsum oxirigacha uzaytirildi. Josh Sheehan klub uchun 13 ta oʻyinda maydonga tushdi.
„Swansea“ klubiga qaytib kelgach, Josh Sheehan „Swansea“ klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.
Josh Sheehan 2015-yil sentyabrida ijara asosida yana „Yeovil“ klubiga qoʻshildi. 2016-yilning yanvarida „Swansea“ klubiga qaytdi.
2016-yil 8-avgustda Josh Sheehan 2017-yil 21-yanvargacha ijara asosida „Newport County“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Josh Sheehan „Newport“ klubi uchun debyut oʻyinini 2016-yil 24-sentyabrda Ikkinchi Ligada „Cambridge United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Josh Sheehan „Newport County“ futbol klubi uchun birinchi golini 2016-yil 29-oktyabrda „Accrington Stanley“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdiSheehan first Newport goal.. 2017-yilning 24-yanvarida Josh Sheehanning ijara muddati 2016—2017-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirildi, biroq Josh Sheehan jarohat tufayli mavsumning qolgan qismida safdan chiqqani uchun 2017-yilning 9-martida „Swansea“ klubi safiga qaytdi.
Newport County 2018-yil 5-yanvarda Josh Sheehan 18 oylik doimiy shartnoma asosida „Newport County“ futbol klubi safiga qaytdi. Josh Sheehan 2019-yilning may oyida „Newport“ klubi bilan ikki yillik yangi shartnoma imzoladi. 2020-yil iyul oyida Josh Sheehan 2019—2020-yilgi mavsumda „Newport County“ futbol klubida yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi. Josh Sheehan 2020—2021-yilgi mavsumda PFA Ikkinchi ligasida yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildiSheehan in League 2 Team of the Year. Josh Sheehan 2020—2021-yilgi mavsum oxirida „Newport“ klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdiNewport players.
Bolton Wanderers "Newport" klubidagi shartnomasini tugatgandan soʻng, Josh Sheehan 2021-yil 7-iyun kuni Birinchi liga vakili „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolab jamoa safiga qoʻshildi. 2021-yil 20-noyabrda „Bolton“ klubining matbuot xizmati Josh Sheehan tizzasidan olgan jarohati tufayli 2021—2022-yilgi mavsumning qolgan qismida safdan chiqqanini tasdiqladiSheehan injury.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarSwansea City2014—2015Premer liga000010—102015—2016Premer liga000000—002016—2017Premer liga000000—002017—2018Premer liga000000—00Jami000010—10Yeovil Town (ijara)2014—2015Birinchi liga13000—001302015—2016Ikkinchi liga132200010162Jami262200010292Newport County (ijara)2016—2017Ikkinchi liga205420010257Newport County2017—2018Ikkinchi liga1320000001322018—2019Ikkinchi liga3314020704612019—2020Ikkinchi liga3324020304222020—2021Ikkinchi liga433304030533Jami1228110801301548Bolton Wanderers2021—2022Birinchi liga1541020202042022—20231000003040Jami164102050244Jami1841918210020023221
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Uelslik erkak futbolchilar