Yelena Sergeyevna Yefayeva (ruscha: Елена Сергеевна Ефаева; 1989-yil 6-iyun, Glazov, ASSR) — rossiyalik figurali uchuvchi, juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Sport faoliyatidagi asosiy muvaffaqiyatlarga Aleksey Menshikov bilan erishgan. Juftlik Rossiya chempionatining bronza medali sovrindorlari, Rossiya kubogining kumush medal sovrindorlari va Yevropa chempionati ishtirokchilari (2007) boʻlgan.
Faoliyati Perm figurali uchish maktabi vakillari Yefayeva va Menshikov 2007-yilning yozida sport juftligi boʻlishni toʻxtatganlar. Buning sababi Yefayeva boʻyining oʻsishi boʻlib, bu holat qiyin elementlarni bajarishda qiyinchiliklarga olib kelgan. Aleksey sport faoliyatini yakunladi va Yelena qoʻshma mashgʻulotlar uchun Moskvadan Permga koʻchib oʻtgan Sergey Roslyakov bilan sport juftligini hosil qildi.
Sergey Roslyakov / Yelena Yefayeva juftligi 2006 — 2007-yilda boʻlib oʻtgan Universiada musobaqasida toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. 2004 — 2005-yil oraligʻida boʻlib oʻtgan Nebelhorn Trophy turnirida juftlik 4-orindan joy olgan. 2008-yilgi Rossiya chempionatida Yefayeva va Roslyakov oxirgi oʻninchi oʻrinni egalladi. Keyin ular Rossiya kubogi finalida kumush medalni qoʻlga kiritishdi. Bir mavsumdan soʻng, juftlik tarqaldi. 2008—2009-yilgi mavsumda Yelena Artyom Patlasov bilan birga musobaqalarda chiqish qila boshladi. Mamlakat chempionatida ular sakkizinchi oʻrinni olishdi. Mavsum oxirida Yefaeva sport faoliyatini yakunladi.
Yefayeva — Perm davlat gumanitar pedagogika universitetining jismoniy tarbiya oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha talaba. U Belarus Respublikasida figurali uchish boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan.
Natijalari Aleksey Menshikov bilan Musobaqa 2003 — 2004 2004 — 2005 2005 — 2006 2006 — 2007 Xalqaro Yevropa chempionati 6 AQSh Gran-pri 7 Universiada 5 Nebelhorn Trophy 4 Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 6 Ruminiya oʻsmirlar Gran-prisi 3Xitoy oʻsmirlar Gran-prisi 3Milliy Rossiya chempionati 6 6 3 Rossiya kubogi finali 4 2 Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 5 1 Sergey Roslyakov bilan Musobaqa 2007 — 2008 Rossiya chempionati 10 Rossiya kubogi finali 2 Artyom Patlasov bilan Musobaqa 2008 — 2009 Rossiya chempionati 8 Memorial Panin 3
Manbalar
Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:6-iyunda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar