Pierluigi Gollini () (1995-yil 18-martda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Pierluigi Gollini A Seriya vakili „Fiorentina“ futbol klubi va Italiya milliy futbol terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. "Manchester United" futbol klubining yoshlar akademiyasida tarbiyalangan Pierluigi Gollini oʻzining professinal faoliyatini 2014-yilda „Hellas Verona“ futbol klubida boshladi. Pierluigi Gollini keyinchalik 2016-yilda „Aston Villa“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi.

Klublardagi oʻyin faoliyati

Hellas Verona Pierluigi Gollini „Hellas Verona“ futbol klubiga 2014-yilda „Manchester United“ futbol klubining yoshlar akademiyasidan kelib qoʻshilgan edi. Pierluigi Gollini 2014-yilning 24-sentabrida „Genoa“ klubiga qarshi uchrashuvda (2:2) A Seriyadagi debyut oʻyinini oʻtkazdi.

Aston Villa "Verona" klubi bilan ikki mavsumdan soʻng, Pierluigi Gollini 2016-yilning 8-iyulida „Aston Villa“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Ertasi kuni Pierluigi Gollini „Aston Villa“ jamoasi safida birinchi marta Avstriyaning „Grazer AK“ futbol klubi jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (8:0) maydonga tushdi.

Atalanta 2017-yilning 13-yanvarida Pierluigi Gollini Italiyaning „Atalanta“ futbol klubi bilan 18 oylik ijara shartnomasi imzoladi. 2018-yil 10-iyunda Pierluigi Gollini nomaʼlum toʻlov evaziga „Atalanta“ futbol klubi bilan yana bir marta doimiy shartnoma imzoladi. Pierluigi Gollini „Atalanta“ klubining UEFA Chempionlar Ligasidagi debyut mavsumida har bir oʻyinda maydonga tushdi va jamoaning oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, 1/8 finalga yoʻllanma olishiga katta hissa qoʻshdi.

Tottenham Hotspur 2021-yilning 24-iyulida Pierluigi Gollini Premer-liga vakili „Tottenham Hotspur“ klubiga mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi. Pierluigi Gollini klubdagi debyut oʻyinini 2021-yil 19-avgustda, UEFA Yevropa Konferensiya ligasining birinchi oʻyinida „Paços de Ferreira“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boshladi. Ushbu oʻyin 1:0 hisobidagi „Tottenham Hotspur“ klubining magʻlubiyati bilan yakunlandi. Pierluigi Gollini 2022-yil 2-iyun kuni „Atalanta“ futbol klubiga qaytdi.

Fiorentina 2022-yilning 9-iyulida Pierluigi Gollini „Fiorentina“ futbol klubi safiga sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara asosida qoʻshildi.

Shaxsiy hayoti 2018-yil iyun oyida Gollorius taxallusi ostida Pierluigi Gollini „Rapper coi guanti“ (qoʻlqopli rapchi) rap musiqasini chiqardi. Bundan tushgan pulni xayriya ishlariga sarfladi.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiMintaqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarHellas Verona2014—2015A Seriya3000——302015—201626010——270Jami290100000300Aston Villa2016—2017Championat20000——200Atalanta (ijara)2016—2017A Seriya4000——402017—20187010—0080Jami110100000120Atalanta2018—2019A Seriya20030—402702019—202033010—704102020—202125040—30320Jami78080001401000Tottenham Hotspur (ijara)2021—2022Premer-liga00103060100Fiorentina (ijara)2022—2023A Seriya3000—5080Jami1410110302501800

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Italiya milliy futbol terma jamoasi 2019 1 0 Jami 1 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari