Alexander Charles Hurst () (1999-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Alexander Hurst „York City“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Oʻyin faoliyati
Dastlabki faoliyat yillari Alexander Hurst yoshligida „Crewe Alexandra“ futbol klubi akademiyasida tarbiyalangan. Keyinchalik Alexander Hurst 2018-yil avgust oyida Shimoliy Premer-liga vakili „Maltlock Town“ futbol klubiga qoʻshildi. Alexander Hurst 2018-yil 19-oktyabrda Shimoliy Milliy Liga vakili „Bradford“ (Park Avenue) futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Alexander Hurst 2018—2019-yilgi mavsumni 13 marta asosiy tarkibda dastlabki daqiqadan maydonga tushgan (yana 12 ta oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan) holda yakunladi.
Port Vale 2019-yil 3-avgustda Alexander Hurst Angliya futbol ligasi vakili „Port Vale“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Alexander Hurst „Bradford“ futbol klubiga ijara shaartnomasi asosida yuborildi. „Bradfort“ futbol klubhi bosh murabbiyi Garry Thompson shunday dedi: „U (Alexander Hurst)qattiq mehnat qildi va koʻplab yutuqlarga erishdi. Tabiiyki, biz eng yaxshi oʻyinchilarimizni saqlab qolishni istasak-da, transfer shuni koʻrsatadiki, biz isteʼdodlarni rivojlantirishga intilamiz, lekin taraqqiyot yoʻlida hech kimga toʻsqinlik qilmaymiz.“ 23-yanvar kuni Alexander Hurstning klub bilan imzolagan ijara shartnomasi muddati 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirildi.
Alexander Hurst „Port Vale“ futbol klubidagi ilk golini 2020-yil 10-noyabrda „Liverpool“ futbol klubi ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda raqib darvozasiga kiritdi. Keyingi oyda Alexander Hurst „Park Vale“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. BU shartnomadan soʻng, klub bosh menejeri Darrell Clarke „biz Alexander Hurst oʻzining faoliyatini rivojlantirishini intiqlik bilan kutamiz“ deb izoh berdi. Alexander Hurst 2021—2022-yilgi mavsumdagi asosiy jamoa tarkibida bor-yoʻgʻi ikkita oʻyin oʻtkazdi.
York City 2022-yil 20-iyun kuni Alexander Hurst nomaʼlum toʻlov evaziga Milliy liganing „ York City“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi.
Oʻyin uslubi Alexander Hurst — koʻp qirrali oʻyinchi. Alexander Hurst chap qanot yarim himoyachisi, chap qanot himoyachisi, hujumkor yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida harakat qila oladi. Alexander Hurst oʻzining tezligi, toʻpni yaxshi nazorat qilish qobiliyati bilan ajralib turadi. Alexander Hurst oʻzining kichik tuzilishiga qaramay, yaxshi jismoniy tayyorgarlikka egadir.
Statistika Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni Bradford (Park avenue) 2018—2019 Shimoliy milliy liga 25 1 0 0 0 0 0 0 25 1 Port Vale 2019—2020 Ikkinchi liga 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0 2020—2021 Ikkinchi liga 20 1 0 0 1 0 5 1 26 2 2021—2022 Ikkinchi liga 1 0 0 0 0 0 1 0 2 0 Jami 21 1 0 0 1 0 7 1 29 2 Bradford (Park Avenue) (ijara) 2019—2020 Shimoliy milliy liga 32 0 1 0 0 0 2 0 35 0 Jami 57 1 1 0 0 0 2 0 60 1 York City 2022—2023 Milliy liga 12 2 0 0 0 0 0 0 12 2Umumiy 90 4 1 0 1 0 9 1 101 5
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar