Ismoil Ergashevich Ergashev (1945—2018) — general-mayor, 2004—2005-yillarda Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshligʻi.

Tarjimai holi 1945-yil 5-avgustda Samarqand viloyatining Chelak tumanida tugʻilgan.

Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati:

1992—1994 - Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi artilleriya boshqarmasi boshligʻi, 1994—1997 - artilleriya qoʻmondoni, 1997—1999 - Mudofaa vazirining moddiy-texnik ta’minot va kapital qurilish boʻyicha oʻrinbosari; 1999—2000 - Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari; 2000—2004 - Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni, 2004—2005 - Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshligʻi.

2005-yildan nafaqada. 2005—2007-yillarda Ismoil Ergashevich Ergashev Andijondagi tartibsizliklarni bostirishda ishtirok etgani uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishi taqiqlangan.

General-mayor. I va II darajali,,Shon-sharaf” va,,Jaloliddin Manguberdi” ordenlari bilan taqdirlangan.

2018-yil 24-fevralda vafot etgan.

Oʻgʻli – Pavel Ismoilovich Ergashev, Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabining 2017—2021-yillardagi boshligʻi.

Manbalar

Havolalar

https://nuz.uz/sobytiya/30574-tashkent-proschaetsya-s-odnim-iz-pervyh-voenonachalnikov-uzbekistana.html

Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:5-avgustda tugʻilganlar Turkum:2018-yilda vafot etganlar Turkum:24-fevralda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Oʻzbekiston Bosh shtab boshliqlari Turkum:Jaloliddin Manguberdi ordeni sohiblari Turkum:Shon-sharaf ordeni sohiblari