Marius Lindvik — (1998-yil 27-iyunda tugʻilgan) norvegiyalik changʻidan sakrash yoʻnalishidagi sportchi va Olimpiada oltin medali sovrindori hisoblanadi.

Faoliyati 2016-yilgi qishki oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida u oddiy tepalikda kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2016-yil, 2017-yil va 2018-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza (2018-yil), jamoaviy kumush (2016-yil), aralash jamoa boʻyicha oltin (2018-yil) va yakkalik bahslarda ham oltin medal bilan qatnashgan.

Marius Continental kubik musobaqalaridagi debyutini 2015-yil sentyabr oyida Oslodagi yozda oʻtkazgan, birinchi shohsupasini 2017-yil dekabrida Vankuverda va birinchi gʻalabasini 2018-yil yanvarida Titisee-Neustadtda tarixga muhirlagan. Lindvik changʻidan sakrash boʻyicha 2017—2018-yilgi XCHF Continental Kubik musobaqasining qishki bosqichida gʻolib boʻlgan.

2015-yil dekabr oyida Lisgardsbakkenda changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogi debyutini oʻtkazgan va 32-oʻrinni egallagan, lekin 2018-yil yanvaridan oldin Zakopane shahridagi musobaqalarda bosha urinish amalga oshirmagan, oʻshanda u birinchi Jahon kubogi ochkolarini 8-oʻrin bilan, shuningdek jamoaviy musobaqada uchinchi oʻrin bilan kifoyalangan.

Marius 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida katta tepalik musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Rælingen SK sport klubi vakili hisoblanadi. U Frogner i Sørum shahrida tavallud topgan va ijodini aynan manashu yerdan boshlagan.

Jahon chempionati

Turnir jadvali Ushbu jadvaldan ham koʻrish mumkin Marus 2019—2022-yil eng yaxshi foʻrmaga ega boʻlgan. Bir yildan soʻng muvaffaqiyatsiz urinishlardan soʻng 2021-yil oʻz reytingini saqlab qolishga muyassar boʻlgan.  Mavsum Turlar jadvali Umuman 2015—2016-yil — — — Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2016—2017-yil — — — — Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2017—2018-yil 41 — — 30 — Yoʻq 35 2018—2019-yil 44 — 39 23 38 Yoʻq 40 2019—2020-yil 7 11 12 Yoʻq 2020—2021-yil 10 36 — 7 Yoʻq 35 2021—2022-yil 6 14 Yoʻq Yoʻq

Manbalar