Cene Prevc — (1996-yil 12-martda tugʻilgan) nafaqadagi sloveniyalik chang'ida sakrash sportchisi. Faoliyati 2013-yilning 18-fevralida Prevc 261,0 metr masofa bilan 2013-yilgi Yevropa yoshlar olimpiya qishki festivalida (EYOF) yakkalik musobaqada gʻolib chiqqan. Bu gʻalaba bilan Cene 2009-yilda EYOF yakkalik musobaqasida gʻolib chiqqan akasiga havas qilib, akasi Piterning yoʻlidan borgan. U 2013—2014-yilgi mavsumda Sloveniya sharafini himoya qilib Planikada jahon chempionatida debyut qilgan.
2022-yilda oʻqishga eʼtibor qaratish uchun changʻida sakrash boʻyicha faoliyatini yakunlagan. Lekin sportni toʻliq yakunlamagan. Hozirgi vaqtda mavsumiy musobaqalarga tomosha qilish uchun tashrif buyurib turadi.
Shaxsiy hayoti Prevc Kranjda Božidar va Julijana Prevc oilasida tugʻilgan; oila Dolenja Vas qishlogʻida yashab kelgan. Uning ikki akasi va ikki opasi bor. Uning ukalari Piter va Domen va opalaridan biri Nika ham XCHF changʻida sakrash boʻyicha Jahon kubogi boʻyicha sportchilar hisoblanadi. Mebel biznesiga ega boʻlgan otasi, shuningdek, changʻidan sakrash boʻyicha xalqaro hakam onasidan iborat olaga ega.
Jahon chempionati XCHF changʻidan sakrash Jahon chempionatida bir necha yillik urinisharga qaramay umumiy reytingini koʻtara olmagan. Aosan shohsuppaga yaqin pogʻonalar bilan cheklanib qolgan. Bulardan eng yuqorisi 2013—2014-yilgi musobaqalarda umumiy 70 bal bilan toʻrtinchi pogʻonaga koʻtarilishi misol boʻla oladi. Asosan Yakkalik bahslarda faol ishtirok etgan, lekin jamoaviy musobaqalarda medalli pogʻonalarga koʻtarilgan.
Turnir jadvali Mavsum Umumiy natijalar 2012—2013-yil — — — Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2013—2014-yil 70 — — Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2014—2015-yil 59 — — Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2015—2016-yil — — — Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2016—2017-yil 40 24 41 — Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2017—2018-yil — — — — — Yoʻq 54 2019—2020-yil 33 45 — — — 21 Yoʻq 2020—2021-yil 38 26 27 Yoʻq — Yoʻq 46 2021—2022-yil 10 40 21 4 Yoʻq Yoʻq 25
Manbalar