Wílmar Enrique Barrios Terán () — 1993-yil 16-oktabr sanasida Kolumbiyaning Kartaxena shahrida tugʻilgan. Rossiyaning Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi va Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Jamoalardagi faoliyati Wílmar Barrios „Deportes Tolima“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2013-yil 24-fevralda „Boyacá Chicó“ga qarshi oʻyinda Mustang kubogida debyut qildi. 2014-yilda Kolumbiya kubogi sohibiga aylandi. 2015-yil 17-may kuni „Jaguares de Córdoba“ga qarshi kechgan duelda u „Deportes Tolima“ safidagi ilk golini urdi. Oʻsha yilning yozida Wílmar Barrios Argentinaning „Boca Juniors“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 2,7 million yevroni tashkil qildi. 29-oktabr kuni Temperliga qarshi oʻyinda u Argentina Primerasida Pablo Peresning oʻrniga ikkinchi boʻlimda debyut qildi. 11-dekabr kuni „Estudiantes“ga qarshi duelda u „Boca Juniors“ safidagi ilk golini urdi. 2017-yilda Wílmar Barrios klubga ligada gʻolib chiqishga yordam berdi.
Milliy terma jamoa safida 2016-yilning yozida Wílmar Barrios Kolumbiya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Shvetsiya, Yaponiya Nigeriya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
7-sentabr kuni Braziliya terma jamoasiga qarshi JCh-2018 saralash bahsida Kolumbiya terma jamoasi safida debyut qildi.
2018-yilda Wílmar Barrios Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Yaponiya, Polsha va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2022-yil 28-sentabr kuni Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:2) terma jamoa safida debyut va gʻalaba golini kiritdi.
Statistikasi JamoaMavsumLigaKubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaDeportes Tolima201311001200—2300201436021310—491220153731800400493120161801510—2311Jami10234382040014454C. A. Boca Juniors2016-20171903100—20032017-2018231040040031102018-20196002008001600Jami481370012006713Zenit de San Petersburgo2018-20191010 - - -40014102019-2020261040060036102020-2021250110060032012021-2022270120080037012022-202310001000001100Jami9822800240013022Umumiy karyerasida 248695320400034189
Yutuqlari Jamoaviy yutuqlari
„Deportes Tolima“
Kolumbiya kubogi sohibi: 2014-yil
„Boca Juniors“
Argentina chempioni: 2016-2017, 2017-2018 Libertadores kubogi finalchisi: 2018-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kolumbiyalik erkak futbolchilar