Hugo Guillamón Sanmartín () — 2000-yil 31-yanvar sanasida Ispaniyada tugʻilgan. „Valencia“ klubi va Ispaniya terma jamoasining markaziy himoyachisi. Jamoalardagi faoliyati Hugo Guillamón „Valencia“ bitiruvchisi. 2017-yil oxirida u klub bilan 2020-yilgacha shartnoma imzoladi. Bu vaqt ichida u ikkinchi jamoada Segunda Bda oʻynadi. 2020-yilning 22-fevralida u La Ligadagi debyutini „Reala Sociedad“ga qarshi oʻtkazdi. 20-noyabr kuni „Deportivo Alavés“ga qarshi bahsda Hugo Guillamón „Valencia“ safidagi ilk golini urdi.

Xalqaro karyerasi 2017-yilda Hugo Guillamón Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan Xorvatiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Turkiya, Italiya, Xorvatiya, Fransiya, Germaniya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Oʻsha yili Hugo Guillamón Hindistonda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Braziliya, Janubiy Koreya, Niger, Fransiya, Eron, Mali va Angliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2019-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan Hugo Guillamón Armanistonda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Armaniston, Italiya, Fransiya va ikki marta Portugaliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2021-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Hugo Guillamón 2021-yilda Vengriya va Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Sloveniya, Italiya va Chexiya va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

2021-yil 8-iyun kuni Litva terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Hugo Guillamón Ispaniya terma jamoasi safida debyut qildi.

Statistikasi Jamoa  MavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolValencia C. F. Mestalla2017-2018110――1102018-2019291――2912019-2020171――171Jami5720000572Valencia C. F.2019-2020600000602020-202125120―2712021-202231161―3722022-202310000―100Jami7228100803Umumiy karyerasida129481001375

Yutuqlari Xalqaro yutuqlari

Ispaniya (U17)

Yevropa chempionati — 2017

Ispaniya (U18)

Oʻrta yer dengizi oʻyinlari— 2018

Yevropa chempionati — 2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:31-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar