link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/76/The_view_of_Dubai_Creek.jpg/350px-The_view_of_Dubai_Creek.jpg|right|thumb|350x350px| Al Fahidi tarixiy mahallasi (shuningdek, Al Bastakiya deb ham ataladi) Dubayning tarixiy tumani va asosiy sayyohlik maskanidir Dubay dunyodagi yetakchi sayyohlik yoʻnalishlaridan biri hisoblanuvchi shahar boʻlib, uning turizm sohasi asosiy daromad manbai hisoblanadi. 2016-yilda shahar kamida bir kecha tunab qolgan 14.9 million mehmonni qabul qildi. 2018-yilda Dubay xalqaro tashrif buyuruvchilar soni boʻyicha dunyoda eng koʻp tashrif buyurilgan toʻrtinchi shahar maqomiga ega boʻlgan.

Tarixi 1966-yilda neft konlarining topilishi hozirgi Dubayning rivojlanishiga turtki bergan bo‘lsa-da, Shayx Rashid bin Said Al Maktum (1958-yildan 1990-yilgacha hukmronlik qilgan) bir kun kelib Dubayda neft tugab qolishini anglab yetdi va shu bois neftdan ham uzoqroq davom etadigan iqtisodiyotni barpo etishga kirishdi. Shayx Rashidga xos boʻlgan iqtibos uning 1966-yilda topilgan va 1969-yilda ishlab chiqarila boshlagan Dubay nefti bir necha avloddan keyin tugab qolishi haqidagi xavotirini aks ettiradi. Shayx Rashid shunday degan edi: „Bobom tuya mingan, otam tuya mingan, men Mercedesda yuraman, o‘g‘lim Land Roverda yuradi, uning o‘g‘li ham Land Roverda yuradi, ammo uning o‘g‘li yana tuya minadi“. Shayx Rashid shaharning savdo tarixiga asoslanib, Dubay iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish kerakligini erta angladi va shu sababli Dubayni mintaqaning savdo hamda xizmat koʻrsatish markazi sifatida tashkil etishga kirishdi. 1979-yilga kelib, u butun Birlashgan Arab Amirliklari uchun logistika markazi va dunyodagi eng yirik sun’iy portga aylangan Jabal Ali portini barpo etishda muvaffaqiyat qozondi. U, shuningdek, Dubay xalqaro aeroportini modernizatsiya qildi va oʻsha paytda Yaqin Sharqdagi eng baland bino boʻlgan Dubay jahon savdo markazini qurdi. 1970-yillarning oxiriga kelib, Dubay iqtisodiyotini faqatgina neft qazib olishga qaratilgan iqtisodiy tushunchadan uzoqlashtirish va turizm kabi boshqa sohalarni diversifikatsiya qilish uchun zamin yaratildi.

1989-yilda Dubayni yuqori darajadagi bozor va nufuzli biznes markazlari uchun hashamatli manzil sifatida targʻib qilish uchun Dubay savdo va turizmni rivojlantirish kengashi tashkil etildi. 1997-yil yanvar oyida uning oʻrnini Turizm va tijorat marketingi departamenti (DTCM) egalladi.

2013-yil may oyida Dubay hukumati 2020-yilga borib yiliga 20 million sayyohni jalb qilish va Dubayni xalqaro dam oluvchi sayohatchilar, shuningdek, biznes sayohatchilar uchun birinchi tanlov yo‘nalishiga aylantirish maqsadida Dubay turizm strategiyasi 2020 ni ishga tushirdi. 2018-yilda strategiya 2022-yilda 21–23 million, 2025-yilga kelib esa 23–25 million tashrif buyuruvchini jalb qilish boʻyicha yangi maqsadlarni belgilash orqali kengaytirildi.

Dubayning COVID-19 pandemiyasiga qarshi choralarni ko‘rishiga turizm sohasini saqlab qolish zarurati to‘sqinlik qildi. COVID-19 bilan bir qatorda, Dubayning sayyohlik sohasi amirlikdagi inson huquqlari holati, ayniqsa, malika Latifa bin Muhammad Al Maktumga nisbatan munosabat haqidagi xalqaro xabardorlikning kuchayishi tufayli ham zarar ko‘rdi.

Tashrif buyuruvchilar va ularning xarajatlari 1982-yildan beri Dubay sayyohlar uchun eng tez rivojlanayotgan yoʻnalishlardan biri boʻlib kelmoqda. 2002-yilda tashrif buyuruvchilar asosan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga aʼzo mamlakatlardan boʻlgan, ulardan tashrif buyurgan sayyohlar jami sayyohlarning 34 % ini, Janubiy Osiyo 25 % ini, boshqa arab davlatlari 16 % ini, Yevropa 15 % ini va Afrika fuqarolari 9 % ini tashkil etdi. 2003-yilda turizmdan tushgan daromad 1 milliard dollardan oshdi va neft daromadlaridan oshib, toʻgʻridan-toʻgʻri hamda bilvosita YaIMning mos ravishda 17 % va 28 % idan ortigʻini tashkil etdi.

2019-yilning yanvar-iyun oylarida Dubayga 8.36 million xalqaro sayyoh tashrif buyurdi. Eng koʻp tashrif buyuruvchilar Hindiston (997,000), Saudiya Arabistoni (755,000) va Buyuk Britaniya (586,000) mamlakatlari fuqarolaridan iborat boʻlgan.

MasterCardning „Xalqaro shaharlar indeksi 2019“ maʼlumotlariga koʻra, sayyohlar Dubayda boshqa mamlakatlarga qaraganda koʻproq pul sarflaydi. 2018-yilda mamlakat ketma-ket toʻrtinchi yil roʻyxatda birinchi oʻrinni egalladi va sayyohlarning umumiy xarajatlari 30.82 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2017-yilga nisbatan 3.8 foizga koʻpdir (29.70 milliard dollar). Bir sayyoh sarflagan kunlik oʻrtacha xarajat 553 dollardan iborat boʻldi.

2019-yilda Dubayga jami 16.73 million sayyoh tashrif buyurdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 5.09 foizga koʻpdir. Biroq, 2020-yilda koronavirus pandemiyasi tufayli tashrif buyuruvchilar sonida 5.51 millionga kamayish holati kuzatildi. YilJami xalqaro tashrif buyuruvchilarOʻsish/KamayishTashrif buyuruvchilar sarflagan pulning oʻrtacha miqdori ($)1982374,400 ―1990632,903 69.04 %1991716,642 13.23 %1992944,350 31.77 %19931,088,000 15.21 %19941,239,000 13.88 %19951,601,000 29.22 %632,000,000.0019961,768,000 10.43 %743,000,000.0019971,792,000 1.36 %814,000,000.0019982,184,000 21.88 %859,000,000.0019992,481,000 13.60 %893,000,000.0020003,027,000 22.01 %1,063,000,000.0020013,626,625 19.81 %1,200,000,000.0020024,756,280 31.15 %1,332,000,000.0020034,980,228 4.71 %1,438,000,000.0020045,420,000 8.83 %1,593,000,000.0020056,160,003 13.65 %3,218,000,000.0020066,441,670 4.57 %4,972,000,000.0020076,951,798 7.12 %6,072,000,000.0020086,996,449 0.64 %7,162,000,000.0020097,580,000 8.34 %7,352,000,000.0020108,410,000 10.95 %8,577,000,000.0020119,910,000 17.84 %9,204,000,000.00201210,950,000 10.49 %10,924,000,000.00201312,900,000 17.81 %12,389,000,000.00201413,200,000 2.33 %15,221,000,000.00201514,200,000 7.58 %17,481,000,000.00201614,870,000 4.72 %19,496,000,000.00201715,790,000 6.19 %21,048,000,000.00201815,920,000 0.82 %21,390,000,000.00201916,730,000 5.09 %20205,510,000 −67.07 %20217,280,000 32.12 %

Turar joy right|thumb|350px|Burj al-Arab mehmonxonasi Soʻnggi uch yil ichida Dubayda 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar hamda xonalar soni koʻpaygan, ammo standart mehmonxona kvartiralari kamaygan. Xonalarning umumiy soni 2015-yildan 2017-yilga qadar 9,098 taga koʻpayib, 9.25 foizga oʻsdi. Expo 2020dan oldin Dubaydagi mehmonxonalar taklif tezlashgani sababli talabni ragʻbatlantirish uchun xona narxlarini pasaytirdi. 2019-yil avgust oyidagi maʼlumotlarga koʻra, Dubay mehmonxonachilari talabning 7.4 % oʻsishiga qarshi taklifning 7.6 % ga oʻsganligi haqida xabar berishgan. 2019-yil iyun oyida oʻrtacha xona narxlari 486 AEDni tashkil etgan boʻlsa, 2018-yilning xuddi shu oyida xonalarning oʻrtacha narxlari 544 AEDni tashkil etdi. 2019-yil iyul oyida Dubaydagi Jumeirah Group MChJ turizmning pasayishi tufayli 500 kishini ishdan boʻshatdi. 2019-yilning ikkinchi choragida mehmonxona sektori 2009-yildan beri eng yomon chorakni boshdan kechirdi. +Mehmonxona inventar raqamlari 2014—2020 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 Jami 5 yulduzli mehmonxonalar 91 96 103 113 128 134 143 Jami 5 yulduzli mehmonxona xonalari 31,551 33,122 35,853 38,543 43,133 44,067 47,035 Jami 4 yulduzli mehmonxonalar 106 112 122 146 158 161 181 Jami 4 yulduzli mehmonxona xonalari 21,208 22,990 25,289 29,908 33,120 34,905 40,377 Jami 1-3 yulduzli mehmonxonalar 264 267 260 260 258 225 243 Jami 1-3 yulduzli mehmonxona xonalari 19,714 21,767 21,591 22,634 24,491 21,732 25,384 Jami mehmonxona kvartiralari (lyuks/superior) 66 66 65 68 68 74 80 Jami lyuks/superior xonalar 9 641 9,519 9,786 10,522 10,520 11,845 12,606 Mehmonxona kvartiralarining umumiy soni (standart) 150 140 131 129 129 117 108 Umumiy standart xonalar 16,219 15,447 14,930 14,360 14,856 14,398 12,548 Jami muassasalar 657 677 681 681 716 741 711 755 Jami mavjud xonalar 92,333 98,333 102,845 107,431 115,967 126,120 126,947 137,950 Oʻrtacha bandlik 79 % 77 % 78 % 78 % 76 % 75 % 54 % 67 %

Diqqatga sazovor joylari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d3/Al_Fahidi_Fort.jpg/300px-Al_Fahidi_Fort.jpg|right|thumb|300x300px| Al Fahidi qal’asi Dubayning qadimiy madaniyati ko‘pincha iqtisodiy rivojlanish tufayli e’tibordan chetda qolsa-da, uning ba’zi jihatlarini shaharni ikkiga – Bur Dubay va Dayraga ajratib turuvchi daryo atrofidagi joylarga tashrif buyurish orqali ko‘rish mumkin. Daryoning Bur Dubay tomonidagi binolar eski shaharning asosiy qiyofasini namoyon etadi. Tarixiy Dubayning saqlanib qolgan kam sonli qismlaridan biri bo‘lgan Heritage qishlog‘i (Meros qishlog‘i) qadimiy binolarni o‘z ichiga olgan. Unga qo‘shni joylashgan Diving qishlog‘i (G‘avvoslik qishlog‘i) marvarid qidiruvi va baliq ovlash haqidagi ko‘rgazmalarni taqdim etadi. Diving qishlog‘i butun „Shindagha“ hududini madaniy shaharga aylantirish va Dubaydagi hayotni o‘tmishdagidek qayta tiklashga qaratilgan ulkan rejaning bir qismini tashkil qiladi.

Boshqa diqqatga sazovor joylar orasiga Shayx Said Al Maktum uyi, taxminan 1799-yilda qad rostlagan Al Fahidi qal’asidagi Dubay muzeyi va Dubay shahridan 115 kilometr janubi-sharqda, qoyali Hatta togʻlarining qoq markazida joylashgan Hattaning Heritage qishlogʻi kiradi. Qishloqning tarixi 2000—3000-yilga borib taqaladi. U 30 ta binodan iborat boʻlib, ularning har biri hajmi, ichki tuzilishi va foydalanilgan qurilish materiallari bilan farqlanadi: binolarda loy, pichan, sandal daraxti va palma barglari kabi rekonstruksiya paytida ishlatilgan materiallardan foydalanishga katta eʼtibor berilgan. Sharia masjidi XIX asr boshlarida xuddi shu qurilish materiallaridan foydalangan holda qurilgan eski masjid boʻlib, katta namozxona, sud va hovli, minora va boshqa xoʻjalik xonalaridan iborat. Boshqa muzeylar orasiga Al Ahmadiya maktabi ham kiradi.

Xarid qilish link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c8/Dubai_Fountain_%285608001810%29.jpg/300px-Dubai_Fountain_%285608001810%29.jpg|thumb|300x300px| Dubay savdo markazidagi Dubay favvorasi Dubay „Yaqin Sharqning savdo markazi“ laqabini olgan. Shahar mintaqadagi mamlakatlardan va Sharqiy Yevropa, Afrika hamda Hindiston yarimorolidan koʻplab xarid qiluvchi sayyohlarni jalb qiladi. Dubay souk tumanlari bilan mashhur. Souk arabcha soʻz boʻlib, bozor yoki har qanday turdagi tovarlar olib kelinadigan yoki almashtiriladigan joyni anglatadi. Anʼanaga koʻra, Uzoq Sharq, Xitoy, Shri Lanka hamda Hindistondan kelgan kemalar oʻz yuklarini boʻshatishadi va tovarlarni kema ustaxonalari yonidagi bozorlarda savdolashib sotishadi.

Shaharda zamonaviy savdo markazlari va kiyim-kechak doʻkonlari ham mavjud. Dubay xalqaro aeroportida Dubai Duty Free xizmati xalqaro aeroportdan foydalanadigan turli millatli yoʻlovchilarga tovarlarni yetkazib berishni taklif qiladi. Duty Free hududlari va yirik savdolardan tashqari, Dubay dunyodagi eng qimmat xarid yo‘nalishlaridan biri sifatida shuhrat qozongan.

Dubayda kiyim-kechak doʻkonlari, baʼzi elektronika doʻkonlari, universal doʻkonlar va supermarketlar qatʼiy narx asosida ishlasa-da, boshqa savdo shoxobchalarining koʻpchiligi doʻstona narx kelishish jarayonini hayot tarzining bir boʻladi deb bilishadi.

Dubayning koʻplab savdo markazlari har bir isteʼmolchining ehtiyojlarini qondira oladi. Shaharda avtomobillar, kiyim-kechak, zargarlik buyumlari, elektronika, mebel jihozlari, sport anjomlari va boshqa har qanday tovarlar bir tom ostida boʻlishi mumkin.

Dubay savdo festivali har yili yanvar oyida oʻtkaziladigan bir oylik festivaldir. Festival davomida butun amirlik yirik savdo markaziga aylanadi. Bundan tashqari, festival musiqiy shoular, sanʼat koʻrgazmalari va folklor raqslarni ham oʻz ichiga oladi.

Dubayning yozgi syurprizlari (DYS) — iyun, iyul va avgust oylarida oʻtkaziladigan Dubay savdo festivalining yozgi versiyasi. Dubay hukumati Dubayni oilaviy dam olish maskani sifatida targʻib qilish maqsadida 1998-yilda Dubay yozgi syurprizlari festivalini oʻtkaza boshlagan. DYS ko‘ngilochar tadbirlar, ovqatlanish chegirmalari va xarid qilish bo‘yicha ajoyib takliflarni taqdim etadi.

Madaniy sezgirlik