Daniya Qirolligi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar rasman 1923-yilda oʻrnatilgan; ular Daniya va Usmonli imperiyasi oʻrtasidagi XVIII asrda boshlangan munosabatlarning davomiga aylandi. Daniyaning Anqarada, Turkiyaning Kopengagenda elchixonasi bor. Har ikki davlat NATO aʼzosi. Daniya va Turkiya oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar karikatura mojarosi va kurdlarning sunʼiy yoʻldosh telekanaliTurkey, Denmark in row over Kurdish TV station. tufayli keskinlashgan.
Munosabatlar 1756-yil 14-oktabrda Sulton Usmon III va qirol Fridrix V oʻrtasida doʻstlik va savdo shartnomasi imzolangan. 1758-yilda Daniya Usmonlilar imperiyasiga favqulodda vakil tayinladi.
1618-yildan 1648-yilgacha Daniya va Usmonli imperiyasi Muqaddas Rim imperiyasiga qarshi birgalikda kurashdilar. Shimoliy urush davrida Daniya va Usmonlilar imperiyasi bir-biri bilan urush holatida boʻlgan. Mamlakatlar 1803-yildan 1815-yilgacha Napoleon urushlari paytida ittifoqchi boʻlgan.
1920-yilgi Turk-Arman urushi davrida Daniya Armaniston Demokratik Respublikasi va Turkiya oʻrtasidagi muzokaralarda vositachi boʻlgan.
1926-yilda Anqarada Daniya va Turkiya oʻrtasida savdo bitimi, 1930-yilda hamkorlik, savdo va dengizchilik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanganExchange of Notes constituting a Provisional Commercial Agreement, signed at Angora, March 22, 1926.Treaty of Establishment, Commerce and Navigation, with Final Protocol. Signed at Ankara, May 31.. 1932-yilda Shveysariyaning Jeneva shahrida ikkala davlat ham Tinchlik shartnomasini imzoladilar. 1948-yilda oʻzaro toʻlovlar toʻgʻrisida shartnoma imzolandiPayments Agreement (with protocol and exchange of letters) Signed at Ankara, on 15 December 1948..
1999-yil 26-noyabrda Turkiya tashqi ishlar vaziri Ismoil Jemning Daniyaga tashrifi chogʻida siyosiy, xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlik boʻyicha „Qoʻshma harakat rejasi“ imzolandi.
„Jyllandsposten“ gazetasida Muhammad paygʻambarning karikaturalari chop etilishi bilan Daniya va Turkiya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar keskinlashgan edi. Oʻsha vaqtdagi Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdoʻgʻon nashrlarni qoraladi va Daniyada soʻz erkinligini tanqid qildi. .
Manbalar
Turkum:Daniyaning ikki tomonlama aloqalari Turkum:Turkiyaning ikki tomonlama aloqalari Turkum:Xalqaro munosabatlar