Ásgeir Ásgeirsson () 1894-yil 13-may, Kóranesi á Mýrum, Islandiya – 1972-yil 15-sentyabr, Reykyavik) – islandiyalik siyosatchisi, 1932—1934 yillarda Islandiya respublikasi bosh vaziri, 1952—1968 yillarda Islandiya respublikasining ikkinchi prezidenti. Tarjimayi holi Ásgeirsson 1894-yil 13-mayda tavallud topgan. 1915-yilda Ásgeirsson Reykyavikdagi Háskóli Íslands () ning ilohiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan, ammo cherkov ruhoniysi (pastor) lavozimiga yosh boʻlgani uchun olinmagan. 1917-yilda Ásgeirsson Islandiyaning 6-yepiskopi Þórhallur Bjarnarson ()ning qizi, 1927—1932-yillarda Islandiya davlati bosh vaziri boʻlgan Tryggvi Þórhallsson () ning singlisi Dóra Þórhallsdóttir () ga uylanadi. Siyosiy faoliyati Ásgeirsson 1923—1952 yillarda „Framsóknarflokkurinn“ () partiyasidan Alþingi ( – Islandiya parlamenti) ga deputati, 1932—1933-yillarda partiya raisi boʻlgan. Ásgeirsson 1930-yilda Alting tashkil topganining 1000 yilligi munosabati bilan Þingvellir () hududida Alting spikeri sifatida ishtirok etgan, 1931-yilda Islandiya moliya vaziri, 1932-yili mamlakat bosh vaziri boʻladi. Ásgeirsson 1934-yilda „Taraqqiyot“ partiyasini tark etib, sotsial-demokratik partiyaga qoʻshiladi, parlamentda faoliyatini davom ettiradi. 1938-yildan prezident etib saylangunga qadar Ásgeirsson Islandiyadagi Útvegsbanki Íslands banki direktori boʻlgan (bank keyinchalik boshqa uchta banklar bilan birlashib, Íslandsbanki (soʻngra Glitnir) nomini olgan.

Siyosatchi 1931—1934-yillarda Moliya vaziri, 1932—1934 yillarda sotsial-demokratik va „Taraqqiyot“ partiyalarining koalitsion hukumati bosh vaziri boʻlib ishlagan. 1952-yilda Ásgeirsson prezidentlikka saylanashi sababli sotsial-demokratik partiyani tark etadi. 1952-yil 25-yanvarda Islandiyaning birinchi prezidenti Sveinn Björnsson () vafotidan soʻng, Ásgeirsson 1952-yil 1-avgustdan prezidentlik faoliyatini boshlaydi. Saylovda siyosatchining asosiy raqibi, Reykyavik sobori yepiskopi Bjarni Jónsson () ni Islandiyaning hukmron partiyalari, „Mustaqillik“ va „Taraqqiyot“ partiyalarning qoʻllab-quvvatlaydilar. Shunga qaramasdan, Ásgeirsson 46,7 foiz, Yonsson 44,1 foiz ovoz oladi. Uchinchi nomzod, „Mustaqillik“ partiyasidan boʻlgan sobiq deputat Gísli Sveinsson ( 6 foiz ovoz olgan. Ásgeirsson Daniyaga rasmiy tashrif bilan kelgan birinchi Islandiya prezidenti boʻlgan. Prezident sifatida Norvegiya, Kanada, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Isroilga ham tashrif buyurgan. Siyosatchi 1956, 1960 va 1964-yillarda qayta prezidentlikka saylangan, uch marta ham boshqa nomzod yoʻqligi sababli avtomatik ravishda prezident boʻlgan. Ásgeirssonning toʻrtinchi muddati boshlanganidan koʻp vaqt oʻtmasdan, rafiqasi leykoz (oq qon) kasalligidan vafot etadi. Shundan soʻng siyosatchi 1968-yilda beshinchi muddatga nomzodini qoʻymaslikka qaror qiladi, prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatilgan kuyovi Gunnar Thoroddsen () ni qoʻllab-quvvatlaydi, ammo kuyovi saylovda kutilmaganda Kristján Eldjárn () ga yutqazadi. Mukofotlari Ásgeirsson 1955-yilda „Sonderstufe des Großkreuzes des Verdienstordens der Bundesrepublik Deutschland“ () ordenining maxsus toifadagi katta xochi bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:XX asr Turkum:Islandiyalik siyosatchilar Turkum:Davlat boshliqlari Turkum:Yevropa siyosiy odamlari Turkum:Islandiya Prezidentlari Turkum:Islandiya Bosh vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar