Shmuel Yosef Agnon (1888-yil 17-iyul — 1970-yil 17-fevral) Laor, Dan, Agnonʼs Life, Tel Aviv, Schocken, 1998 [Hebrew]; Falk, Avner, "Agnon and Psychoanalysis, " Iton 77, No. 156, pp. 28-39, 1993 [Hebrew]. Also see Arnold Band, „Shai Agnon by Dan Laor“, AJS Review, Vol. 35 (2011), pp. 206—208. Band says that Agnon invented the commonly cited date July 17, 1888 in the 1920s. zamonaviy ibroniy adabiyotning mashhur namoyandalaridan biri edi. Ibroniy tilida u Shai Agnon taxallusi bilan tanilgan Ingliz tilida uning asarlari S. Y. Agnon nomi bilan nashr etilgan.
Agnon oʻsha paytda Avstriya-Vengriya imperiyasining bir qismi boʻlgan Polsha Galitsiyasida tugʻilgan va keyinchalik Falastinga koʻchib kelgan va Quddusda vafot etgan.
Uning asarlari anʼanaviy yahudiy hayoti, tili va zamonaviy dunyo oʻrtasidagi ziddiyatlariga bagʻishlangan. Uning asarlarida, shuningdek, Yevropa shtetl (qishloq joyi) ning soʻnib borayotgan anʼanalarini qayta tiklashga harakatni ham koʻrish mumkin. Kengroq kontekstda u hikoyachining adabiyotdagi roli haqidagi xarakterli tushunchani kengaytirishga ham hissa qoʻshdi. Agnon zamonaviy va ravvin ibroniylarini aralashtirib yuboradigan oʻziga xos lingvistik uslubga ega edi.
1966-yilda u shoir Nelly Sachs bilan birga adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi .
Hayoti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1c/OldBuchachPanorama.jpg/280px-OldBuchachPanorama.jpg|thumb| Buczacz, Agnonning ona shahri Shmuel Yosef Halevi Czaczkes (keyinchalik Agnon) Bukzak (polshacha imlo, Buchach deb talaffuz qilinadi) yoki Butschatsch (nemischa imlo), Polsha Galisiya (oʻsha paytda Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida), Ukrainaning hozirgi Buchach shahrida tugʻilgan. Rasmiy ravishda, ibroniy taqvimida uning tugʻilgan sanasi 5648 yil 18 Avron (26 iyul) edi, lekin u har doim uning tugʻilgan kuni yahudiylarning Tisha B’Av roʻza kuni, Av oyining toʻqqizinchi kuni ekanligini aytdi.
Uning otasi Shalom Mordechai Halevy ravvin boʻlib tayinlangan, ammo moʻyna savdosida faoliyat yuritgan va Hasidimlar orasida koʻp aloqalarga ega boʻlgan, Onasi tomondan esa, u Mitnagdimlar bilan aloqada edi.
U maktabga bormagan va ilk taʼlimni ota-onasidan olgan. Yahudiy matnlarini oʻrganishdan tashqari, Agnon Haskalah yozuvlarini oʻrgangan va nemis tilidan ham darslar olgan. Sakkiz yoshida u ibroniy va yahudiy tillarida yozishni boshladi, 15 yoshida esa, oʻzining birinchi sheʼrini — Kabbalist Jozef della Reina haqidagi Yahudiy tilidagi sheʼrini nashr ettirdi. U ibroniy va yahudiy tillarida sheʼr va hikoyalar yozishni davom ettirdi. Uning bu qoʻlyozmalari Galitsiyada nashr etilgan.
1908-yilda u Usmonli Falastinidagi Jaffa shahriga koʻchib oʻtdi. U yerda nashr etgan birinchi hikoyasi oʻsha yili Haʼomer jurnalida bosilgan „Agunot“ („Tark etilgan ayollar“) asari edi. U 1924-yilda „Agnon“ taxallusini ishlata boshladi. Bu taxallusni u avvalroq hikoya sarlavhasidan olib, rasmiy familiya sifatida qoʻllagan edi.1910-yilda „Tark etilgan ayollar“ hikoyasi nemis tiliga tarjima qilingan. 1912-yilda u noshir Yosef Haim Brennerning taklifi bilan „Vehaya Haakov Lemishor“ („Egrini toʻgʻrilash kerak“) nomli romanini nashr etdi.
1913-yilda Agnon Germaniyaga koʻchib oʻtdi va u yerda Alexandr Marxning qizi Esther Marx (1889-1973) bilan uchrashdi. Ular 1920-yilda turmush qurishdi va ikki farzand koʻrishdi. Germaniyada u Berlin va Bad Homburg vor der Hohe shaharlarida (1921—24) yashagan. Tadbirkor va noshir Salmon Shocken uning adabiy homiysi boʻldi va uni moliyaviy tashvishlardan xalos qildi. 1931-yildan boshlab uning asarlari Schocken Books tomonidan nashr etilgan, qisqa hikoyalari esa, Shocken oilasiga tegishli boʻlgan Haaretz gazetasida muntazam ravishda berib borilgan. Germaniyada u qisqa hikoyalar yozishni davom ettirdi va Martin Buber bilan Hasidik hikoyalari antologiyasi ustida hamkorlik qildi. Uning koʻplab dastlabki kitoblari Buberning „Jüdischer Verlag“ (Berlin) kitobida nashr etilgan. Ular orasida asosan dunyoviy nemis yahudiylari, Buber va Frants Rozenzveyg Agnonni yahudiy bitiklari bilan yaxshi tanish boʻlgan dindor deb bilishgan. Gershom Scholem uni „yahudiylarning yahudiysi“ deb atagan.
1924-yilda uning uyida yong‘in kelib chiqib, qo‘lyozmalari va nodir kitoblar fondi yo‘q bo‘lib ketgan. Bu dahshatli voqea uning ayrim hikoyalarida ham oʻz aksini topgan. Oʻsha yilning oxirida Agnon Falastinga qaytib keldi va oilasi bilan Quddusning Talpiot hududiga joylashdi. 1929-yilda yahudiylarga qarshi gʻalayonlar paytida uning kutubxonasi yana vayron qilingan.
1931-yilda uning „Hachnasat Kalla“ („Kelin chodiri“) romani katta tanqidiy eʼtirofga sazovor bo‘lgach, Agnonning ibroniy adabiyotidagi o‘rni yanada mustahkamlandi. 1935-yilda u XIX asr oxirida Buchachda „Sippur Pashut“ („Oddiy hikoya“) romanini nashr ettirdi. XX asr boshlarida, 1945-yildda, Eretz Yisrael (Isroil) da yozilgan yana bir roman — Tmol Shilshom („Faqat kecha“) asari ham nashr etilgan.
Agnon shaxsiy hayotida ashaddiy vegetarian ediSchwartz, Richard H. (2001). Judaism and Vegetarianism. pp. 171-172. Lantern Books. .
Adabiy mavzular va taʼsirlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/db/%D7%97%D7%93%D7%A8_%D7%94%D7%A2%D7%91%D7%95%D7%93%D7%94.JPG/170px-%D7%97%D7%93%D7%A8_%D7%94%D7%A2%D7%91%D7%95%D7%93%D7%94.JPG|thumb| Agnonning ijodxonasi Agnonning asarlari keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar mavzusiga aylandi. Ibroniy adabiyotining koʻplab yetakchi olimlari uning ijodi boʻyicha kitoblar va maqolalar nashr etishgan, ular orasida Baruch Kurzweil, Dov Sadan, Nitza Ben-Dov, Dan Miron, Dan Laor va Alan Mintz kabi ijodkorlar mavjud. Agnon yahudiylarning hayoti haqida yozadi, lekin bunga oʻziga xos nuqtai nazar bilan yondashadi. Agnon oʻzining Nobel mukofotiga bagʻishlangan nutqida shunday degan edi: „Baʼzilar mening kitoblarimda men hattoki ismlarini ham bilmaydigan mualliflarning taʼsirini koʻrishsa, boshqalar men ismlarini eshitgan, lekin asarlarini oʻqimagan shoirlarning taʼsirini sezishadi“. Uning oʻzi asarlariga asosiy taʼsirni Bibliya hikoyalari koʻrsatganligini aytadi. Agnon, shuningdek, nemis adabiyoti va madaniyati, umuman, nemis tiliga tarjimada o‘qigan Yevropa adabiyoti ham unga taʼsir qilganini tan oladi. Ushbu mavzu boʻyicha 2010-yilda qisman Hillel Weiss tomonidan tahrirlangan, Isroil va nemis olimlarining hissasi bilan tuzilgan Agnon va Germaniya: SY Agnon yozuvlarida nemis dunyosining mavjudligi nomli esselar toʻplami nashr etilgan. Yangi paydo boʻlgan ibroniy adabiyoti uning asarlariga, xususan doʻsti Yosef Haim Brennerning asarlariga ham taʼsir qildi. Germaniyada Agnon ibroniylardan Hayim Nahman Bialik va Ahad Haʼam bilan ham ijodiy munosabatlarda boʻlgan.
Agnon hayoti davomida aʼzolik qilgan jamoalar uning asarlarida ham oʻz aksini topgan:
Galicia: in the books The Bridal Canopy, A City and the Fullness Thereof, A Simple Story and A Guest for the Night. Germany: in the stories „Fernheim“, „Thus Far“ and „Between Two Cities“. Jaffa: in the stories „Oath of Allegiance“, „Tmol Shilshom“ and „The Dune“. Jerusalem: „Tehilla“, „Tmol Shilshom“, „Ido ve-Inam“ and „Shira“.
Nitza Ben-Dov Agnonning ishora, erkin assotsiatsiya va xayoliy tushlar ketma-ketligidan foydalanishi haqida yozadi va ahamiyatsiz tuyulgan voqealar va fikrlar uning qahramonlarining hayotini qanday belgilashini muhokama qiladi.
Agnonning baʼzi asarlari, masala, „Hachnasat Kalla“, „Vehaya Haakov Lemishor“, "Doctor’s divorce" kabi asarlari teatrga ham koʻchgan. Quddusdagi Khan teatrida Agnonning rafiqasiga yozgan maktublari asosida „Esterlein Yakirati“ spektakli namoyish etildi.
Til Agnon asarlarida koʻpincha zamonaviy ibroniy tilidan farq qiladigan soʻzlar va iboralar ishlatilgan. Uning oʻziga xos tili anʼanaviy yahudiy manbalariga asoslanadi, masalan, Tavrot va Paygʻambarlar, Midrashic adabiyoti, Mishnah va boshqa Rabbin adabiyoti. Baʼzi misollar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
batei yadayim (lit. „hand-houses“) for modern kfafot (gloves). yatzta ( ) rather than the modern conjugation yatz’a ( ) („she went out“). rotev ( ) meaning soup in place of modern marak ( ). In Modern Hebrew the term 'rotev' means 'sauceʼ. bet kahava for modern bet kafe (coffee house / café), based on transliteration of the word 'coffeeʼ from Arabic, rather than the contemporary term common in Hebrew, which comes from European languages.
Bar-Ilan universiteti uning asarlari tilini oʻrganish uchun ularni kompyuterlashtirilgan variantini muvofiqlashtirdi .
Mukofotlar va tanqidiy baho link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/ac/%D7%99%D7%A8%D7%95%D7%A9%D7%9C%D7%99%D7%9D_-_%D7%9E%D7%A8_%D7%A2%D7%92%D7%A0%D7%95%D7%9F%2C_%D7%97%D7%AA%D7%9F_%D7%A4%D7%A8%D7%A1_%D7%90%D7%95%D7%A1%D7%99%D7%A9%D7%A7%D7%99%D7%9F_%D7%9C%D7%A9%D7%A0%D7%AA_%D7%AA%D7%A9%22%D7%95-JNF035646.jpeg/220px-%D7%99%D7%A8%D7%95%D7%A9%D7%9C%D7%99%D7%9D_-_%D7%9E%D7%A8_%D7%A2%D7%92%D7%A0%D7%95%D7%9F%2C_%D7%97%D7%AA%D7%9F_%D7%A4%D7%A8%D7%A1_%D7%90%D7%95%D7%A1%D7%99%D7%A9%D7%A7%D7%99%D7%9F_%D7%9C%D7%A9%D7%A0%D7%AA_%D7%AA%D7%A9%22%D7%95-JNF035646.jpeg|thumb| Agnon 1946-yil Ussishkin mukofotini qabul qilmoqda link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4b/%D7%A4%D7%A8%D7%A1_%D7%A0%D7%95%D7%91%D7%9C_%D7%A7%D7%A8%D7%9C_%D7%9C%D7%99%D7%A0%D7%93%D7%95%D7%9C.JPG/220px-%D7%A4%D7%A8%D7%A1_%D7%A0%D7%95%D7%91%D7%9C_%D7%A7%D7%A8%D7%9C_%D7%9C%D7%99%D7%A0%D7%93%D7%95%D7%9C.JPG|right|thumb| Agnon (chapda), Nobel mukofotini qabul qilmoqda, 1966-yil Agnon ikki marta adabiyot uchun Bialik mukofoti bilan taqdirlangan (1934- va 1950- — which omits the award in 1934 yillar). U, shuningdek, ikki marta adabiyot uchun Israel Prize mukofotiga sazovor ham boʻlgan (1954- va 1958- yillar).
1966-yilda u „yahudiy xalqi hayotidan motivlar keltirgan holda chuqur xarakterli hikoya qilish sanʼati uchun“ adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Bu mukofot bir vaqtning oʻzida nemis yahudiy yozuvchisi Nelly Sachs ga ham berilgan. Taqdirlash marosimidagi nutqida Agnon oʻzini ibroniy usulida tanishtirdi: „Rimlik Titus Quddusni vayron qilgan va Isroil oʻz yurtidan surgun qilingan tarixiy falokat natijasida men surgun shaharlaridan birida tugʻilganman. Lekin, men har doim oʻzimni Quddusda tugʻilgan deb bilganman“Horst Frenz, ed. Nobel Lectures, Literature 1901-1967. Amsterdam: Elsevier Publishing Company, 1969. Nobel Prize acceptance speech. Taqdirlash marosimi shanba kuni yahudiylarning Hanukkah festivalida boʻlib oʻtdi. Dindor Agnon shanba kuni kechqurun oʻzining ikkita yahudiy marosimini oʻtkazgunga qadar, shanba kungi marosimni tugatish va menorahni yoqish uchun taqdirlash marosimida ishtirok etishni ortga qoldirdi.
Keyingi yillarda Agnonning shuhrati shunday darajaga yetdiki, u munisipalitetga uyi yaqinidagi tirbandlik uning ishiga xalaqit berayotganidan shikoyat qilganida, shahar koʻchani mashinalar uchun yopib qoʻydi va quyidagi yozuvni osib qoʻydi: „Barcha transport vositalariga kirish taqiqlangan, yozuvchi ijod qilmoqda!“.
Oʻlim va adabiy meros link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/02/Denkmal_Samuel_Agnon_Bad_Homburg.jpg/220px-Denkmal_Samuel_Agnon_Bad_Homburg.jpg|right|thumb| Shmuel Yosef Agnon yodgorligi Bad-Homburg, Germaniya link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a8/AgnonCover.jpg/220px-AgnonCover.jpg|thumb| Ukraina esdalik markasi uchun birinchi kun muqovasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/23/50_NIS_Bill_Obverse_%26_Reverse.jpg/220px-50_NIS_Bill_Obverse_%26_Reverse.jpg|right|thumb| Agnon ikkinchi seriyadagi ellik shekellik banknotda tasvirlangan link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/55/Buchach_%2825%29.jpg/220px-Buchach_%2825%29.jpg|right|thumb| Bouchach muzeyidagi ekspozitsiya